Shavkatxo‘jayev Xasanxo‘ja Nodirxo‘ja o‘g‘li

1993 yil 21 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2018 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini pediatriya ishi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2021 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani muvaffaqiyatli yakunlagan. 2022 yilda Turkiya Respublikasining Istanbul shahridagi “Yeditepe University Hospital”da malaka oshirish kurslarida tahsil olgan. 2024 yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha PhD darajasiga mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Mutaxassisligi bo‘yicha pediatriya ishi, endokrinologiya va pedagogika yo‘nalishlarida malakaga ega. Rus va ingliz tillarini mukammal darajada biladi, ingliz tili bilim darajasi C1 ga teng.

Mehnat faoliyatini 2012 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida talaba sifatida boshlagan. 2012–2021 yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistrant sifatida tahsil olgan. 2018 yilda Yunusobod tumanidagi 54-sonli oilaviy poliklinikada umumiy amaliyot shifokori lavozimida faoliyat yuritgan. 2021–2024 yillarda Respublika aholining reproduktiv salomatligi markazida shifokor-endokrinolog sifatida ishlagan. 2023–2024 yillarda 2-sonli shahar klinik shifoxonasida shifokor-endokrinolog lavozimida xizmat qilgan.

2022–2025 yillar davomida Toshkent davlat stomatologiya institutining ichki kasalliklar kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 2024 yildan hozirgi kungacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida shifokor-endokrinolog sifatida faoliyat olib bormoqda. 2025 yildan Toshkent davlat tibbiyot universiteti ichki kasalliklar kafedrasida assistent lavozimida ishlamoqda. 2026 yildan boshlab “Endocrine Society” xalqaro professional jamiyatining a’zosi hisoblanadi.