Ирисов Джамшид Баходирович

2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini kunduzgi ta’lim shaklida tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — davolash ishi. Ilmiy darajasi — tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Mehnat faoliyatini 1999 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida talaba sifatida boshlagan. 2006–2009 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida kardiologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. 2009–2010 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining qabul bo‘limida navbatchi shifokor lavozimida ishlagan.

2010–2013 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida aspirant, stajyor-tadqiqotchi izlanuvchi hamda yurak aritmiyalari laboratoriyasida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. 2013–2014 yillarda “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida aspirant, stajyor-tadqiqotchi izlanuvchi va yurak aritmiyalari laboratoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

2014–2016 yillarda “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyatida yurak aritmiyalari bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2016–2018 yillarda ushbu markazda yurak aritmiyalari laboratoriyasida kichik ilmiy xodim sifatida ish faoliyatini davom ettirgan.

2018–2024 yillarda “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasida yurak aritmiyalari laboratoriyasining katta ilmiy xodimi lavozimida ishlagan. 2024 -2025 yillarida Toshkent davlat stomatologiya institutining Davolash fakulteti, Ichki kasalliklar kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, 2024 yildan buyon “Ezgu niyat” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida ham mehnat faoliyatini olib bormoqda.

 2025 yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetinng Davolash fakulteti, Ichki kasalliklar kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.