Islamova Malika Sanjarovna

2005yilda Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kirib, 2012-yilda mazkur oliy ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli tamomladim. Mutaxassisligim — davolash ishi, umumiy amaliyot vrachi. Mehnat faoliyatimni 2012-yilda Toshkent shahar 8-sonli oilaviy poliklinikasida shifokor lavozimida boshlaganman. 2012–2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining 1-markaziy poliklinikasi 3-terapiya bo‘limida uchastka shifokor-terapevt lavozimida ishladim.

2013–2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida klinik ordinator bo‘lib tahsil oldim. Shu davrda bir vaqtning o‘zida Tibbiyot-sanitariya birlashmasining 1-markaziy poliklinikasi 3-terapiya bo‘limida uchastka shifokor-terapevt sifatida faoliyat yuritdim.

2015-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasi 1-markaziy poliklinikasida kunduzgi statsionar o‘rindosh shifokor-terapevt, 2015–2018-yillarda esa kunduzgi statsionar shifokor-terapevt lavozimlarida ishladim.

2015-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasi 1-markaziy poliklinikasida kunduzgi statsionar o‘rindosh shifokor-terapevt, 2015–2018-yillarda esa kunduzgi statsionar shifokor-terapevt lavozimlarida ishladim.

2018-yil 3-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 1-sonli markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasida kunduzgi statsionar terapevt shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdaman. 2018-yil 5-sentabrdan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 1-sonli markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasida kunduzgi statsionar terapevt shifokori lavozimida ishlayman.

2019-yilda Rossiya Federatsiyasining Pushkino shahrida malaka oshirish kurslaridan o‘tdim.
2022-yilda “O‘zbek populyatsiyasida surunkali buyrak kasalligi progressiyasida semizlikning prognostik ahamiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini oldim. Ilmiy unvonim — yo‘q.