Kafedraning ilmiy faoliyati
Yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boruvchi innovatsion ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Kafedra jamoasi ilm-fan, ta’lim va klinik amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda yuz-jag‘ sohasi kasalliklari diagnostikasi, davolash va profilaktikasini takomillashtirishga qaratilgan fundamental hamda amaliy tadqiqotlar olib bormoqda.
Innovatsion ilmiy yo‘nalishlar
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or klinik yondashuvlarga asoslanadi. Asosiy ilmiy yo‘nalishlar quyidagilarni qamrab oladi:
- yuz-jag‘ sohasining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari;
- odontogen yallig‘lanish kasalliklari;
- rekonstruktiv va regenerativ jarrohlik;
- xavfsiz o‘smalar va o‘smasimon hosilalar;
- zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari;
- sun’iy intellekt va innovatsion tibbiy yondashuvlar.
Kuchli ilmiy jamoa va ilmiy maktab
Kafedra yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jamoasidan iborat bo‘lib, ilmiy salohiyatni muntazam rivojlantirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Doktorantlar, magistrlar, klinik ordinatorlar va yosh tadqiqotchilar ustoz-shogird an’analari asosida ilmiy faoliyatga jalb etilgan. Bu esa kafedrada barqaror ilmiy maktab shakllanganini ko‘rsatadi.
Ilmiy natijalar va akademik yutuqlar
Kafedra jamoasi tomonidan darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar hamda uslubiy tavsiyalar muntazam ravishda ishlab chiqilib, o‘quv va klinik amaliyotga joriy etilmoqda. Xodimlar xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda faol nashr qilmoqda, ilmiy konferensiya va kongresslarda o‘z tadqiqot natijalarini taqdim etib kelmoqda. Ilmiy izlanishlar natijalari amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. 2025-yil davomida kafedra tomonidan:
- 1 ta darslik,
- 8 ta monografiya,
- 6 ta o‘quv qo‘llanma,
6 ta uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy nashrlar:
- Scopus va Web of Science bazalarida — 3 ta maqola,
- Xalqaro jurnallarda — 22 ta maqola,
- OAK ro‘yxatidagi mahalliy jurnallarda — 36 ta maqola,
- Xalqaro va respublika anjumanlarida — 30 dan ortiq tezis chop etildi.
Xalqaro hamkorlik va global integratsiya
Kafedra xalqaro ilmiy hamkorlikni faol rivojlantirib, xorijiy olimlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar, ilmiy almashinuvlar va konferensiyalarni amalga oshirmoqda. Xodimlarning xalqaro kongress va simpoziumlarda ishtiroki ilmiy tajriba almashish hamda global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani ta’minlaydi.
Amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyat
Kafedra ilmiy ishlari bevosita klinik amaliyot bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, yangi davolash usullari, klinik protokollar va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari bemorlar hayot sifatini yaxshilash, davolash samaradorligini oshirish va zamonaviy tibbiyot standartlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Himoya qilingan dissertatsiyalar
2025-yilda kafedrada 5 nafar izlanuvchi PhD darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi:
- Sh.Yu. Muhamedova
- Sh.X. Nazarova
- Z.A. Gafurov
- S.V. Turaxonov
- A.A. Tufliyev

2026 yil 6 fevral kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Yuz-jag’ jarrohligi” kafedrasi tomonidan «YOSH YUZ-JAG’ JARROHI AMALIYOTIDA KO’P TARMOQLI YONDASHUV» deb nomalangaVIxalqaroilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

2026 yil 7 may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasiga O‘zbekiston stomatologlarining VIII Xalqaro ilmiy-amaliy kongressi hamda IDECA-2026 III Xalqaro stomatologiya ko‘rgazmasi doirasida ishtirok etayotgan xorijiy mehmonlar tashrif buyurdilar.
