Ma’naviy ishlar

Toshkent davlat tibbiyot univesiteti

Yuz-jag’ jarroxligi kafedrasining

manaviy-marifiy ishlari

22.12.2025y.                                                                                                                                                            Toshkent sh.

 “Muallim” (2025) badiiy filmining mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish

Filmda muallim shaxsining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini muhokama qilish Tomoshabinlar fikri va xulosalarini tinglash

Yig‘ilish boshida “Muallim” (2025) badiiy filmi namoyish etildi. Filmda muallim kasbining jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, inson tarbiyasidagi mas’uliyati, halollik, sabr-toqat va fidoyilik kabi qadriyatlar badiiy obrazlar orqali yoritib berilganligi ta’kidlandi. Tomoshabinlar filmni katta qiziqish bilan kuzatgani, zalda ijobiy va jiddiy muhit hukm surganligi qayd etildi.

Muhokama jarayonida ishtirokchilar filmning tarbiyaviy ahamiyati yuqori ekanini, ayniqsa muallim obrazining hayotiy va ta’sirchan qilib ochib berilganini ta’kidladilar. Film yosh avlodni ilmga, ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani aytildi. Shuningdek, film orqali muallimlarning jamiyatdagi qiyinchiliklari va ularning mehnati yetarlicha qadrlanishi masalasi ko‘tarildi.

Film namoyishi davomida tomoshabinlar zalida jiddiy va sokin muhit hukm surdi. Har bir sahna tomoshabinlarni befarq qoldirmadi, ayniqsa muallimning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, o‘quvchilar taqdiri uchun qayg‘urishi va hayotiy sinovlar qarshisida to‘g‘ri qaror qabul qilishi tomoshabinlarda chuqur taassurot uyg‘otdi. Film voqealari hayotiy misollar asosida yoritilgani sababli, undagi holatlar ko‘plab tomoshabinlar uchun tanish va tushunarli bo‘ldi.

Muhokama jarayonida filmda ko‘tarilgan asosiy g‘oyalar — ustozga hurmat, bilimning kuchi, sabr-toqat va insoniylik qadriyatlari bugungi jamiyat uchun nihoyatda dolzarb ekani qayd etildi. Ishtirokchilar film muallimlarning nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyachi, yo‘l ko‘rsatuvchi va jamiyatning ma’naviy tayanchi ekanini yaqqol ochib berganini ta’kidladilar.

Shuningdek, filmda muallim mehnatining ko‘pincha ko‘zga tashlanmasligi, ularning ichki kechinmalari va mas’uliyati chuqur badiiy ifodalanganligi muhokama qilindi. Bu holat tomoshabinlarni muallimlarga nisbatan yanada hurmat va e’tibor bilan qarashga undashi aytib o‘tildi. Film yoshlar ongida kasb tanlashda muallimlikning sharafli va mas’uliyatli kasb ekanini anglashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Yakunda ishtirokchilar bunday mazmundagi filmlar jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlashga, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va ilmga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishini bildirdilar. Bu filmdan ruxlanib kasbimizga mexrimiz oshdi va talabalarga chuqur bilimlar berishga yana koproq kuch quvvat berdi.