Kafedra mudiri: t.f.d., professor Shomurodov Qahramon Erkinovich
Telefon raqami: +998 91 165 61 19
e- mail: kahramon_sh@mail.ru
«Kattalar yuz-jag‘ jarrohligi» kafedrasiga professor, tibbiyot fanlar doktori A.A.Jilonov kafedra mudiri etib tayinlangan. 2017 yildan 4 – kurs talabalari uchun «Yuz-jag‘ kasalliklari va travmatologiyasi» ajralib chiqdi va unga mudir etib professor, tibbiyot fanlar doktori Sh.Yu. Abdullaev tayinlandi.2019 yildan hozirgi kunga qadar kafedraga professor, tibbiyot fanlari doktori, professor Shomuradov Qahramon Erkinovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi stomatologiya fakultetining 5-kurs talabalariga ta’lim beradi. Kafedra xodimlari terapevtik, diagnostika va maslahat ishlarini olib boradilar, yuz-jag‘sohasi patologiyasi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashning zamonaviy usullarini mukammal egallaydilar. Mafkuraviy-ma’rifiy ishning asosi quyidagilardan iborat: jahon ilmiy tajribasining eng so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan yuksak madaniyatli shaxsni shakllantirish.
Kafedra xodimlarining yetakchi ilmiy yo‘nalishi yuz-jag‘ sohasining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari va deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash mavzusini o‘z ichiga oladi. Yuz-jag‘ sohaning xavfsiz o‘smalari va o‘smasimon xosilalarningg etiologiyasi, klinik ko‘rinishi, diagnostikasi va davolashi (Davlat ro‘yxati 5436).
Dunyonng nufuzli 1000 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda akademik mobillik dasturi doirasida samarali aloqalar amalga oshirib kelinmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Yuz-jag’ jarroxligi
Kafedra professor o’qituvchilari:
Q.E. Shomurodov – t.f.d. professor
A.D. Dadamov – t.f.d. professor
N.V. Xramova – t.f.d. professor
M.A. Xalmatova – t.f.n. dotsent
A.A. Maxmudov – t.f.n. dotsent
B.T. Narmaxmatov – t.f.n. dotsent
B.R. Fayziyev – t.f.n. dotsent
A.A. Ganiyev – t.f.n. dotsent
Sh. Sh. Musayev –PhD, dotsent
D.R. Fattayeva – PhD, dotsent
D.R. Xusanov – PhD, kat. o’qituvchi
Sh.N. Yakubov– PhD, assistent
O.M. Sohibov– PhD, assistant
R.H. Nabiyev – assistant
Sh.Yu. Muxamedova– assistant
D.A. Djahangirova– assistant
T.A. Olimjonov– assistant
A.A. Tufliyev – assistant
A.M. Gizatullina – assistant
J.E. Dusmatov – assistant
S.Z. Igamova – assistant
E.E. Bekmurodov – assistant
R.R. Xamrayeva – assistant
O.A. Agzamxo’jayev– assistant
Hozirda . Yuz-jag’ jarroxligi kafedrasida asosiy shtatda 7 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 13 nafar assistant o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyatini olib bormoqdalar. Fanlar multimedia tizimlaridan foydalangan holda olib boriladi. Buning uchun fanlar bo‘yicha elektron-o‘quv resurslar yaratilgan. Kafedrada 3 nafar mustaqil tadqiqotchilar ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.
Hozirgi kunga qadar. Yuz-jag’ jarroxligi kafedra xodimlari tomonidan 2 ta darslik, 15 ta o’quv qo’llanma, 20 dan ortiq monografiya, 3 ta uslubiy tavsiyanoma hamda 10 dan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalar yaratilgan.
