Ochiq ma’ruza darsi
Joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi hamda Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi professor, o‘qituvchilari tomonidan “Bosh va yuzdagi og‘riqlar. Yuz va uch tarmoqli nervlarning anatomiyasi. Tekshirish usullari. Uch tarmoqli nervning nevralgiyasi, diagnostikasi va davolash. Yuz nervining neyropatiyasi, diagnostikasi va davolash” mavzusida integral ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi

