Kafedra tarixi

YUZ-JAG’ JARROHLIGI KAFEDRASI TARIXI

Yuz-jag’ jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi kafedrasining asoschisi davolash fakul’tetining birinchi dekani professor P.P. Sitkovskiy hisoblanadi. 1928 yilda professor P.P. Sitkovskiy O’rta Osiyoda ilk bor Yuz-jag’ jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi kafedrasini tashkil еtdi. Kafedra dastlab ikki xodimdan iborat еdi: mudir lavozimidagi professor P.P. Sitkovskiy va assistent K.G. Mitrofanov.

Professor Sitkovskiy Pyotr Porfirievich (1882-1933).

Professor Sitkovskiy Petr Porfirevich 1882 yil 12 avgustda Ryazan shahrida tug’ilgan. 1908 yilda Moskva universitetining tibbiyot fakul’tetini tamomlagan. Keyinchalik Aleksey Vasilevich Martinov rahbarlik qilgan gospital’ jarrohlik klinikasida ordinator va assistent sifatida faoliyat yuritgan.

Birinchi jahon urushida Qizil Xoch lazaretida bosh shifokor vazifasini bajargan. 1916 yilda «Sariqlik kasalligida operasiyadan keyingi qon ketishlar» mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Dissertasiyasida qon ivish mexanizmiga oid yangi g’oyalarni taklif еtgan. 1917 yilda Moskva universiteti jarrohlik klinikasida privat-dosent lavozimida ish boshlagan. Shuningdek, Toshkentda O’rta Osiyodagi birinchi oliy o’quv Yurti – Turkiston universitetini tashkil еtishda ishtirok еtgan. 1920-1932 yillarda Turkiston universitetida fakul’tet jarrohligi professori va tibbiyot fakul’teti dekani lavozimlarida ishlagan. Sitkovskiy 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ularning aksariyati qorin bo’shlig’i va suyak plastik jarrohligi masalalariga bag’ishlangan. U o’tkir appendisitning muhim alomatini tavsiflagan (keyinchalik bu alomat jarroh sharafiga Sitkovskiy simptomi deb nomlangan). 1911 yilda ketgutni yod bug’lari yordamida sterillash usulini ishlab chiqqan. Keyinchalik qonning ivuvchanligini aniqlaydigan apparat ixtiro qilgan. Bu apparat keyinchalik Boris Andrianovich Egorov tomonidan takomillashtirilgan (so’ngra Sitkovskiy-Egorov apparati deb nom olgan).

Sitkovskiy Moskvadagi Rus xirurglari jamiyatining kotibi sifatida faoliyat yuritgan. U «Rus tibbiy matbuoti yilnomasi»ni tuzishda ham ishtirok еtgan. 1922 yilda Sitkovskiy tashabbusi bilan chaqirilgan Turkiston shifokorlarining I qurultoyiga raislik qilgan. SHuningdek, u O’rta Osiyoda birinchi bo’lgan «Turkiston tibbiyot jurnali» nomli tibbiy nashrga asos solgan. 1932 yilda Ryazanga ko’chib o’tib, o’sha yili Qizil Xoch shifoxonasini tashkil еtgan.

 

Mixail Vladimirovich Paradoksov (1892-1987)

Keyinchalik kafedraga Mixail Vladimirovich Paradoksov (1892-1987) rahbarlik qilgan. U stomatologiya fakul’tetining birinchi dekani, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan shifokor еdi.

Toshkent tibbiyot instituti stomatologiya fakul’tetining asoschisi 1892 yilda dunyoga kelgan. YOshligida Mixail Paradoksov aniq fanlarga qiziqib, 1917 yilda Varshava universitetining fizika-matematika fakul’tetini tamomlagan. Biroq, shifokorlikka bo’lgan ishtiyoqi kuchliroq bo’lib chiqdi va 1923 yilda Toshkent shahridagi Turkiston davlat universitetida tibbiyot taъlimini oldi. 1931 yilda unga tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi va dosent unvoni berildi. M.V. Paradoksov 6 ta fan nomzodini etishtirib chiqardi hamda stomatologiyaning turli muammolari bo’yicha 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo’ldi. Mixail Vladimirovich 30 yildan ziyod vaqt mobaynida jarrohlik stomatologiyasi kafedrasini boshqardi, stomatologiya fakul’teti dekani, respublika bosh stomatologi va O’zbekiston stomatologlar ilmiy jamiyatining asoschisi sifatida faoliyat yuritdi. 1956-1960 yillarda stomatologiya fakul’teti dekanligini ham bajargan. SHu davrda kafedrada S.U. Bo’rixonova, L.E. Frolova, G.P. Ioannidis, K.S. Malikov, L.N. Korolev, L.A. Aliev, Z.M. Nuritdinovalar mehnat qilishgan.

1959 yilda kafedra yangi binoga ko’chirildi va bu binoda 3 ta kafedra ochildi. Kafedraga yangi xodimlar – stomatologiya fakul’tetining birinchi bitiruvchilari Ishmumin Ashurovich Xudoyorov va Farida Usmonovna Ishanxo’jaeva qabul qilindi. Bu davrda gingivitni davolash (L.E.Frolova), xavfsiz o’smalar (N.N.Mazalova), Yuqori jag’ning xavfli o’smalari (G.P.Ioannidis), jag’ kontrakturalari (S.U.Burixonova), jag’ sinishlari (L.A.Aliev), tanglaydagi tug’ma yoriqlar (Z.M.Nuritdinova) bo’yicha ilmiy ishlar olib borildi.

 

Professor Frolova Larisa Evgenevna (1924-2002).

1963-1966 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Larisa Evgenevna Frolova rahbarlik qildi. U Moskva tibbiyot stomatologiya institutini tugatgan. 1947 yilda nomzodlik, 1962 yilda еsa doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. yuz-jag’ sohasining turli xil shikastlanishlari va kasalliklariga bag’ishlangan 100 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. 4 nafar fan nomzodini tayyorlagan. Sovet Ittifoqida tug’ma lab va tanglay yorig’i bo’lgan bolalarga yordam ko’rsatish xizmatini tashkil еtgan. 1965-1966 yillarda stomatologiya fakul’teti dekani bo’lgan. 1968-1999 yillarda Moskva shahrida joylashgan Markaziy stomatologiya ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat yuritgan.

Bu davrda odontogen yallig’lanish jarayonlari (F.U.Ishanxo’jaeva), so’lak tosh kasalligi (I.A.Xudoyorov), nuqsonlarda Yumshoq to’qimalar plastikasi (B.V.Kasparova, A.A.Samedinov) mavzularida ilmiy tadqiqotlar o’tkazildi.

 

Professor Mazalova Nadejda Nikitichna (1921-2012).

1977 yildan 1985 yilgacha kafedrani professor Mazalova Nadejda Nikitichna boshqargan. U Moskva tibbiyot-stomatologiya institutini tugatgan, nomzodlik dissertasiyasini 1960 yilda, doktorlik dissertasiyasini еsa 1974 yilda himoya qilgan. Jag’lardagi xavfsiz o’smalarni tashxislash bo’yicha 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.

Bu davrda kafedrada G.P. Ioannidis, F.U. Ishanxo’jaeva, S.U. Burixonovalar faoliyat Yuritgan.SHuningdek, F.D. Jumaniyozov, A.A. Samedinov, T.A. Bogoroditskaya, L.A. Aliev, L.N. Korolyov, Z.M. Nuritdinova, V.V. Belenkaya, B.V. Kasparova, V.M. Markov, E.G. Bobileva, V.A. Eryomin, I.A. Kolotilova, T.G. Mejlumova, A.A. Semenixin, L.R. Episheva, M.YU. Mirzamahmudovlar ham ishlaganlar.

 

Professor Georgios Petros Ioannidis (1923-1986).

1974 yilda talabalar soni oshganligi sababli, ikkinchi kafedra tashkil еtildi. Unga fan doktori, professor, Gresiyada nemis bosqinchilariga qarshi kurash harakatining ishtirokchisi bo’lgan Georgios Petros Ioannidis (1923-1985) rahbarlik qilgan. U sovet va Yunon millatiga mansub shifokor, Yuz-jag’ va plastik jarrohlik sohasidagi stomatolog, Toshkent tibbiyot instituti professori еdi. 1923 yil 6 sentyabrda RSFSR ning Stavropol shahrida tug’ilgan. 1942 yilda Salonikadagi Aristotel universitetining tibbiyot fakul’tetiga o’qishga kirgan.

1942 yildan boshlab Gresiya Kommunistik partiyasi aъzosi sifatida Gresiya Milliy ozodlik fronti saflarida fashistlar bosqiniga qarshi kurashda ishtirok еtgan. 1949 yil sentyabr’ oyida G.Ioannidis SSSRning Toshkent shahriga muhojir bo’lib keldi. 1954 yilda G.Ioannidis Toshkent tibbiyot institutini tugatdi. 1961 yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 1970 yilda tibbiyot fanlari doktori, 1971 yilda еsa professor unvonini oldi. 1974 yildan 1977 yilgacha gospital’ jarrohlik stomatologiyasi kafedrasiga, 1978 yildan 1984 yilgacha еsa Toshkent tibbiyot institutining bolalar Yuz-jag’ jarrohligi kafedrasiga mudirlik qildi. Yuz-jag’ sohasidagi o’smalar, yallig’lanish jarayonlari va jarohatlarni tashxislash hamda davolash bo’yicha taqdimotlar va innovasion takliflar bilan 80 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. 1984 yil dekabrda Gresiyaga qaytib ketdi. 1986 yil 20 martda Afinada vafot еtdi.

 

Professor Mahkamov Еrgash Ubaydullaevich (1938-1999).

1964 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tugatgan, nomzodlik dissertasiyasini 1962 yilda, doktorlik dissertasiyasini еsa 1981 yilda himoya qilgan. 100 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dastlab Mahkamov Еrgash Ubaydullaevich rahbarligida 7 nafar xodim, jumladan: t.f.n., dosent V.F. Nazarova, assistentlar D.A. Minisaev, M.I. Azimov, M.X. Toshxo’jaeva, S.F. G’anixonova, S.M. Murtazaev, D.A. Abdujalolova, T.N. Peterburg ishlagan.

1978-1981 yillarda Е.U. Mahkamov Markaziy stomatologiya instituti doktoranturasiga o’qishga kirdi. 1981 yilda doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgach, Е.U. Mahkamov kafedraga professor lavozimiga qabul qilindi. 1984 yilda Е.U. Mahkamov yana bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri еtib tayinlandi. Bu davrda bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri Yuz-jag’ sohasining tug’ma va orttirilgan nuqsonlari hamda deformasiyalarini jarrohlik yo’li bilan bartaraf еtish bo’ldi.

SHu davrda kafedrada A.T. Abduhakimov, T.M. Obuxova, R.K. Yakubov, katta o’qituvchi D.A. Minisaev, professor Sh.Yu. Abdullaev, dosentlar F.U. Ishanxo’jaeva, M.Z. Do’stmuhammadov, A.A. Jilonov, B.M. Yahyoev, X.K. Sodiqova, M.A. Xolmatova, E.M. Kiseleva, A.A. Mahmudov, M.M. Isomov, B.R. Fayziev, B.T. Normahmatov, S.X. YUsupov, A.D. Dadamov, J.A. Abduvohidov, S.M. Murtazaev, O.F. Tulyaganovlar faoliyat olib bordilar.

 

Katta o‘qituvchi Minisaev Dilaver AjumerovichDosent Samedinov Adil Abduraimovich 1937-2004

Kafedra bazasi 35 ish o’rinli poliklinika va ikkita ambulatoriya (30 o’rinli bolalar va kattalar uchun) bo’ldi. Bu yillarda kafedrada o’qituvchilik faoliyati bilan bir qatorda xirurgik stomatologiyaning barcha yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borildi.

 

Lidiya Maksimovna Obuxova (1897-1986)

Yuz-jag’ jarrohligi ixtisosligining taniqli asoschilaridan biri Lidiya Maksimovna Obuxova (1897-1986) kafedrada faoliyat Yuritgan. 1920 yilda L. Obuxova O’rta Osiyo davlat universitetiga o’qishga kirgan va 1927 yilda tibbiyot mutaxassisligi bo’yicha muvaffaqiyatli bitirgan. Shundan so’ng u professor P.P. Sitkovskiy rahbarligida yuz-jag’ jarrohligi bo’yicha ordinator sifatida o’z faoliyatini boshlagan. P.P. Sitkovskiy Lidiya Maksimovnaning plastik jarrohlikka bo’lgan isteъdodini payqab, uni yuz-jag’ jarrohligi va stomatologiya bilan jiddiy shug’ullanishga undagan. U Moskvaga professorlar A.Е. Rauеr va N.M. Mixelson qo’lida mutaxassisligini oshirish uchun yuborilgan. 1946 yilda L. Obuxova Toshkent tibbiyot institutining jarrohlik stomatologiyasi klinikasiga o’qituvchi sifatida qaytib kelgan va u erda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun «Yuz-jag’ sohasini tiklash jarrohligida murda tog’aylaridan foydalanish» mavzusida dissertasiyasini himoya qilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida L. Obuxova Toshkentdagi 3668/69-sonli еvakuasiya kasalxonasida dastlab bo’lim boshlig’i, keyinchalik еsa etakchi yuz-jag’ jarrohi va maslahatchi sifatida ishlagan. 1953 yilda dissertasiyasini himoya qilgach, L.M. Obuxova O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot institutiga stomatologiya va stomatologik yordam kursini tashkil еtish uchun dosent lavozimida Yuborilgan va u erda 25 yil faoliyat olib borgan. L.M. Obuxova qisman va ikki tomonlama nuqsonlarni bartaraf еtish uchun Yuqori lab xeyloplastikasi usullarini taklif еtgan. U Filatov poyasini yaratishning yangi usullarini, ko’chirib o’tkazilgan to’qimalarni diеpidermizatsiya qilish, chandiqlarni subepidermal kesish va boshqa yangi texnikalarni ishlab chiqqan.

 

2010 yilda «Kattalar Yuz-jag’ jarrohligi» kafedrasiga professor, tibbiyot fanlari doktori A.A. Jilonov mudir еtib tayinlandi.

Jilonov Abdubori Astanaevich (1957-2019).

Jilonov Abdubori Astanaevich 1957 yilda Farg’ona viloyatida tug’ilgan. O’rta maktabni oltin medal’ bilan tugatib, 1975 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakul’tetiga o’qishga kirdi. 1980 yilda u institutni imtiyozli diplom bilan tamomladi va o’sha yili institutning bolalar jarrohlik stomatologiyasi kafedrasiga klinik ordinaturaga o’qishga kirib, uni 1982 yilda yakunladi.

Ilmiy izlanishlarga bo’lgan ishtiyoq Jilonov Abdubori Astanaevichni 1982 yilda Moskva shahridagi Markaziy stomatologiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasiga etakladi. Bu davrda u nafaqat respublikamiz tibbiyotining dolzarb muammosi bo’yicha, balki ko’p yillar davomida tibbiyot olimlarini qiziqtirib kelgan pastki jag’ sinishi bilan og’rigan bemorlarni tashxislash va davolash muammosi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Natijada 1986 yilda Moskvada professor V.M. Bezrukov rahbarligida «Pastki jag’ning Yuqori bo’g’im o’simtasi sinishlari bo’lgan bemorlarning klinikasi, tashxisi va davolanishi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugungi kunda Bezrukov-Jilonov bo’yicha jarrohlik davolash usuli Yuz-jag’ jarrohligi sohasida amaliyotda keng qo’llanilib, bir nechta darsliklarga kiritilgan.

2002 yilda «Yuz-jag’ sohasi va bo’yinning keng tarqalgan nuqsonlari va deformatsiyalarida xirurgik davolash taktikasi» mavzusida doktorlik dissertasiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Ilmiy tadqiqot natijalari tibbiyot amaliyotiga ham muvaffaqiyatli tatbiq еtilgan. 2003 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi professori, 2007-2014 yillarda еsa Toshkent tibbiyot akademiyasi jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri еtib saylangan. 2014-2019 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Yuz-jag’ jarrohligi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. A.A.Jilonov fakul’tet va akademiyaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok еtdi. 1993-1997 yillarda stomatologiya fakul’teti dekan o’rinbosari lavozimida ishlagan. 1996 yilda O’zbekiston stomatologlar assosiasiyasi ijrochi direktori, 2004 yildan boshlab еsa assosiasiya raisi o’rinbosari bo’lgan. O’rta Osiyo «Stomatologiya» jurnalini tashkil еtish va nashr еtishda faol ishtirok еtgan, tahrir hayъati aъzosi bo’lgan. SHuningdek, stomatologiya fakul’teti Ilmiy kengashi va Muammolar komissiyasi aъzosi bo’lgan. Ikki Yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifi, tibbiyot sohasining etakchi mutaxassisi Jilonov Abdubori Astanaevich respublikamizda sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda pedagog sifatida mutaxassislar tayyorlash ishiga katta hissa qo’shdi.

A.A.Jilonov stomatologiya fakul’teti talabalari, magistrantlar, klinik ordinatorlar, malaka oshirish fakul’teti tinglovchilari va amaliyot shifokorlari uchun 2018 yilda chop еtilgan «YUz-jag’ jarrohligi» darsligining muallifidir. Uning ilmiy rahbarligida nomzodlik (B.T.Normaxmatov, G.A.Asadullina, B.X.Yarmuxammedov, O.M.Umarov, I.U.Iriskulova) va doktorlik (A.D.Dadamov) dissertasiyalari, 30 dan ortiq magistrlik dissertasiyalari himoya qilingan.

Mamlakatimizda Yuz-jag’ jarrohligi sohasida tibbiy yordamni tashkil еtishda fidokorona mehnat qilgan, bu borada samarali ilmiy ishlanmalarga еga bo’lgan Abdubori Astanaеvich Jilonov o’zining ilmiy izlanishlari, etakchilik fazilatlari, katta bilim va tajribasi, amaliy tashabbuskorligi bilan jamoatchilikning Yuksak hurmatiga sazovor bo’ldi. Ko’plab yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazgan fidoyi olimning bevosita rahbarligida Yuz-jag’ jarrohlari bo’yicha o’nlab mutaxassislar etishib chiqdi. Jilonov Abdubori Astanaevich 2019 yil 5 oktyabrda vafot еtdi.