
Xramova Natalya Vladimirovna – tibbiyot fanlari doktori, professor. Kafedra xalqaro ishlariga ma’sul 2006-yilda «Yuz yumshoq to’qimalari nuqsonlarida granulalangan biositaldan foydalanish samaradorligini baholash» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2022-yilda «Yuz yumshoq to’qimalari nuqsonlarida to’qima muhandislik konstruksiyalaridan foydalanish» mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 100 dan ortiq maqola, 6 ta o’quv-uslubiy qo’llanma va 4 ta monografiya muallifi.
