
Dadamov Ashot Danilovich – tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dadamov A.D.1945 yilda tug’ilgan. 1968 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini bitirgan. Nomzodlik dissertasiyasini 1978-yilda, doktorlik dissertasiyasini 2017-yilda himoya qilgan. Nashr еtilgan ishlarning umumiy soni 150 dan ortiq. U 2 ta rasionalizatorlik taklifi, 20 dan ortiq o’quv va uslubiy qo’llanmalar muallifidir. Uning nashrlari zamonaviy Yuz-jag’ jarrohligi, onkologiya va parodontologiyaning ham nazariy, ham amaliy jihatlarini qamrab oladi. U «Mehnat faxriysi» va «O’zbekiston sog’liqni saqlash a’lochisi» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
