Mirasqad Maqsudovich Isomov

Mirasqad Maqsudovich Isomov – tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 1974-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1996-yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.  2023-yilda professor Q.Е. Shomurodov rahbarligida “Homilador ayollarda periapikal to’qimalarda yallig’lanish jarayonlar asoratlarni oldini olish” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi faoliyatida 82 ga yaqin ilmiy ishlar, 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 3ta DGU, 1ta mualliflik huquqi, 3 ta uslubiy tavsiyalar muallifidir.