“Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 22.04.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
– Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;
– Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
– Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;
– Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;
– Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.
Ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetentsiyalarga asoslangan tibbiy ta’lim dasturlarini joriy etish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Shu sababli kafedralar qayta tashkil etilib TDTU “2-son Gistologiya va tibbiy biologiya” deb nomlandi.
Kafedra mudiri tibbiyot fanlar doktori, dotsent U.T. Nugmanova

Kafedra dotsenti, hamda o‘quv ishlarga ma’sul lavozimida PhD D.S. Kushayeva ishlab kelmoqda:

Kafedrada 6 ta PhD faoliyat yuritadi shulardan: Chiniyeva M.I, Xaldarbekova G.Z, Raximova Sh.E, Oripova B.B, Raximova M.O.


3 ta katta o‘qituvchi: Nabiyeva Z.B., Kendjayeva X.X., Abdukarimov D.I.

Hamda 2 ta assistent: Rixsiyeva M.A., Sobirova N.A.

O‘quv jarayoni uchun mikroskopik tasvirlar banki, videoroliklar yaratildi, mikropreparatlar tasvirini mikrosokopdan kompьyuterga va o‘quv xonalaridagi televizorlarga uzatib beruvchi videotizim tashkil qilindi.
Kafedrada yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlari davom etmoqda.
