Yangiliklar

 

2026-yil 20 va 22-may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi, dotsent t.f.n. Ziyadullaeva Nigora Saidullaevna tomonidan maktab o‘quvchilari orasida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holatini aniqlash maqsadida profilaktik stomatologik ko‘rik o‘tkazildi. Profilaktik ko‘rik Chilonzor tumanidagi 184-maktab hamda “Registon” xususiy maktabi o‘quvchilari orasida tashkil etildi.

Ko‘rik davomida o‘quvchilarning og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi holati baholandi, tish va milk kasalliklarining dastlabki belgilari aniqlanib, bolalarga to‘g‘ri og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga stomatologik kasalliklarning oldini olish, tishlarni to‘g‘ri tozalash usullari hamda muntazam stomatologik nazoratning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur profilaktik tadbir bolalar orasida stomatologik madaniyatni oshirish, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ushbu ko‘riklar yosh avlod salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda profilaktik stomatologiya yo‘nalishini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 


 

2026-yil 7 may kuni Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Natalya Sergeyevna Nuriyevaning tashrifi doirasida Professor Natalya Sergeyevna Nuriyeva tomonidan fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, klinik ordinatorlar, magistrlar va talabalar uchun zamonaviy ortopedik stomatologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruza davomida diagnostika, ortopedik davolashni rejalashtirish, zamonaviy protez konstruksiyalari, raqamli texnologiyalar va klinik amaliyotdagi innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, professor tomonidan amaliy mashg‘ulot va master-klass o‘tkazilib, unda klinik holatlarni kompleks tahlil qilish, bemorlarni ortopedik davolash bosqichlari, zamonaviy protez konstruksiyalarini tanlash mezonlari hamda klinik amaliyotda qo‘llanilayotgan ilg‘or usullar namoyish etildi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar va yosh mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Professor Natalya Sergeyevna Nuriyevaning tashrifi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy hamkorlik, akademik almashinuv va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.Shuningdek, professor tomonidan amaliy mashg‘ulot tashkil etilib, unda ortopedik stomatologiyada qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, klinik holatlarni tahlil qilish va bemorlarni kompleks davolash bosqichlari namoyish etildi. Ishtirokchilar amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda yangi ilmiy-amaliy tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 


 

Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri, professor Akbarov Azal Nigmatullaevich akademik mobillik doirasida Rossiya Federatsiyasining RUDN universitetiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida u universitet ilmiy va klinik faoliyatida faol ishtirok etib, o‘z tajribasini hamkasblar bilan o‘rtoqlashdi.

Professor A.N. Akbarov RUDN universitetida zamonaviy stomatologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan raqamli stomatologiya (digital dentistry) mavzularida ma’ruzalar o‘qidi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar davomida CAD/CAM texnologiyalari, raqamli diagnostika va zamonaviy ortopedik reabilitatsiya usullariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu akademik mobillik tajriba almashinuvi, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy stomatologik texnologiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. RUDN universiteti bilan o‘rnatilgan hamkorlik kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalar va ta’limiy dasturlarni kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

 


 

2026-yil 27-apreldan 8-maygacha Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimlari  Qozog‘istonning Turkiston shahri Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyirshdi. Bular doirasida dotsentlar Arslanov O.U., Xabilov B.N., Usmonov F.K., Yarasheva N.I., Usmonxodjaeva D.R., Tillaxodjayeva M.M.,

Kirish so‘zi bilan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti Terapevtik va ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri, dotsent Tuleshova E.J. chiqish qilib, mehmonlarni tanishtirdi va qutlab o‘tdi. Kafedra dotsenti Arslanov O.U. “Tish qattiq to‘qimalarining kariyesga bog‘liq bo‘lmagan, tish chiqqandan keyin yuzaga keladigan kasalliklari: etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari”. “Tish qattiq to‘qimalari kasalliklarini diagnostika va davolashda uchraydigan asoratlar hamda xatolar, asoratlarning oldini olish.” “Tish qattiq to‘qimalarining kariyes va nokarioz kelib chiqishli kasalliklarini ortopedik davolash usullari: vinerlar, lyuminerlar va koronkalardan foydalanish.”. Kafedra dotsenti Arslanov O.U. “Press-keramik, dioksid-sirkoniyli va kompozit ko‘priksimon protezlarni tayyorlashga ko‘rsatmalar”.
“Ko‘priksimon protezlarni fiksatsiya qilish bosqichi.” “Rangni korreksiya qilish, yakuniy ishlov berish va glazurlash bosqichi.” Kafedra assistenti Tillaxodjayeva M.M. tomonidan “Ko‘priksimon protezlar bilan protezlashda uchraydigan xatolar va asoratlar”, “Olinmaydigan ko‘priksimon protezlar bilan protezlashga ko‘rsatmalar”, “Dioksid-sirkoniyli protezlarni tayyorlashga ko‘rsatmalar” mavzularida maruza va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

Tibbiyot oliygohida o‘tkazilgan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar yuqori professional hamda ilmiy-metodik darajada tashkil etildi. Ma’ruzachilar va o‘qituvchilar chuqur nazariy bilim, zamonaviy o‘qitish yondashuvlari va yuqori pedagogik mahoratni namoyish etdilar. Amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlashga, talabalarda klinik fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.
Umuman olganda, o‘tkazilgan tadbirlar ijobiy baholandi, talabalar va o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish va professional tajriba almashinuviga salmoqli hissa qo‘shdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimlari IDECA 2026 xalqaro stomatologik ko‘rgazma va ilmiy-amaliy forumida ishtirok etdilar. Mazkur tadbir 2026-yil 5–7-may kunlari UzExpoCenter ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida xalqaro ma’ruzalar, master-klasslar, zamonaviy stomatologik texnologiyalar taqdimotlari hamda yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi. Kafedra xodimlari ortopedik stomatologiya sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, raqamli texnologiyalar, implantologiya va protezlashda qo‘llaniladigan zamonaviy materiallar bilan tanishdilar.

Forumda ishtirok etish kasbiy tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda kafedra xodimlarining ilmiy va amaliy bilim darajasini oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, forum doirasida MEGAGEN kompaniyasi ilmiy sessiyasida Usmonov Varkhat Kamengjanovich kafedra vakili sifatida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida implantatsiya jarayonlari va bemorlarni total reabilitatsiya qilishga bag‘ishlangan zamonaviy klinik yondashuvlar haqida ma’lumot berdi. Doktor o‘z klinik holatlari (keyslar) bilan o‘rtoqlashib, amaliy tajribasi va ilmiy asoslangan yechimlarini taqdim etdi.

Ushbu ma’ruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va yuqori baholandi.

Forumda ishtirok etish kafedra xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirish, ilmiy-amaliy tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

 


 

MEGAGEN Uzbekistan  tomonidan tashkillantirilgan Mega Forum 2026-yil 25–26-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, forum doirasida MEGAGEN kompaniyasi ilmiy sessiyasida Usmonov Farhod  Komiljonovich kafedra vakili sifatida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida implantatsiya jarayonlari va bemorlarni total reabilitatsiya qilishga bag‘ishlangan zamonaviy klinik yondashuvlar haqida ma’lumot berdi. Doktor o‘z klinik holatlari (keyslar) bilan o‘rtoqlashib, amaliy tajribasi va ilmiy asoslangan yechimlarini taqdim etdi.

Ushbu ma’ruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va yuqori baholandi.

Forumda ishtirok etish kafedra xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirish, ilmiy-amaliy tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

2026-yil 27-apreldan 8-maygacha Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimlari  Qozog‘istonning Turkiston shahri Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyirshdi. Bular doirasida dotsentlar Arslanov O.U., Xabilov B.N., Usmonov F.K., Yarasheva N.I., Usmonxodjaeva D.R., Tillaxodjayeva M.M.

 


 

2026-yil 6-7-aprellarda  Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi Tulyaganov Jamshid Shavkatovich Qozog‘istonning Turkiston shahri Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyirdi

Kirish so‘zi bilan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti Terapevtik va ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri, dotsent Tuleshova E.J. chiqish qilib, mehmonlarni tanishtirdi va qutlab o‘tdi. Kafedra dotsenti Tulyaganov J.Sh. “Zamonaviy xom ashyolardan (Valplast, Kavadent/Castaplast) yoyli protezlarni tayyorlash. Ularning ijobiy va salbiy tomonlari. Yoyli protezlarni tayyorlashda 3D chop etishdan foydalanish”, “Yoyli protezlar qismlarini tayyorlashda CAD/CAM sistemasidan foydalanish”mavzularida maruza va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

Tibbiyot oliygohida o‘tkazilgan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar yuqori professional hamda ilmiy-metodik darajada tashkil etildi. Ma’ruzachilar va o‘qituvchilar chuqur nazariy bilim, zamonaviy o‘qitish yondashuvlari va yuqori pedagogik mahoratni namoyish etdilar. Amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlashga, talabalarda klinik fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.
Umuman olganda, o‘tkazilgan tadbirlar ijobiy baholandi, talabalar va o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish va professional tajriba almashinuviga salmoqli hissa qo‘shdi.

06.04.2026 08: 40 TDTU stomatologiya shaharchasi ortopedik stomatologiya binosi o’quv xonasi 1 stomatologiya fakulteti 3 kurs 314 guruh talabalari fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti D. R. sizni Usmanxodjaeva ishtirokida «tish implantlarida ko’prik protezlarini tayyorlashning klinik va laboratoriya bosqichlarining xususiyatlari» ochiq darsiga taklif qilamiz. Dental implantatlardan qolip olish usullari.

08.04.2026 yil 11.00  da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 5-o’quv xona

Stomatologiyaya 2 fakulteti 3-kurslar 301 C guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiyaya kafedrasi dotsenti Ziyadullayeva N. S. tomonidan o’zkaziladigan «tish implantlarini qo’llab-quvvatlaydigan ko’priklarni ishlab chiqarishning klinik va laboratoriya bosqichlarining xususiyatlari. «Dental implantlardan taassurot olish usullari» mavzusidagi ochiq darsga taklif etamiz,

10.04.2026 yil 08:40  da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 7-o’quv xona Stomatologiya 2 fakulteti 3-kurs 311 C guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Yarasheva N.I.  tomonidan o‘tkaziladigan “Dental implantatlarda tayanib turadigan ko‘priksimon protezlarning klinik-laborator bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Dental implantatlardanqolip olish usullari. mavzusidagi ochiq darsiga taklif etamiz,

16.04.2026 yil 08:00  da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 3-o’quv xona

Stomatologiyaya 2 fakulteti 4-kurslar 402 C guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiyaya kafedrasi dotsenti Xabilov B. N. tomonidan o’zkaziladigan «zamonaviy materiallardan (Valplast, Quadrotti) bügel (yoy) protezlarini ishlab chiqarish.» mavzusidagi ochiq darsga taklif etamiz,Tayyorlashning klinik va laboratoriya bosqichlari. Byugel protezlarini tayyorlash bosqichlarida uchraydigan xatolar va kamchiliklar, ularning oldini olish. Protezlarni qayta asoslash va qayta asoslash (qayta qoplash) tushunchalari.» mavzusidagi ochiq darsga taklif etamiz,

17.04.2026 yil 11.00 da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 2-o’quv xona

 Stomatologiya 2 fakulteti 3-kurs 311 C guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti Ibragimov A. X.  tomonidan o‘tkaziladigan “Ko’priksimon protezlarni topshirish. Ko’priksimon protez yasashda uchraydigan hato va asoratlar, ularning bartaraf etish. Okkluzion munosabatlarni korrektsiyalash. Profilaktika usullari”. mavzusidagi ochiq darsiga taklif etamiz.

 


 

Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi samarali hamkorlik izchil davom etmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida 2026 yil 07 aprel sanasida  universitetning “Fakultet ortopedik stomatologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari texnikumga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida yosh tibbiyot xodimlariga “Kattalar va bolalar og’iz bo’shlig’i gigiyenasi asoslari” xamda “Oiv/ Oits haqida bilasizmi” mavzusida seminar  o’tkazishdi.

Tashrif chog‘ida texnikum rahbariyati hamda pedagoglar jamoasi bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Unda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ilmiy maqolalarni hamkorlikda nashr etish, texnikum o‘qituvchilarini universitet kafedralarida o‘tkaziladigan metodik seminarlar va ilmiy-amaliy konferensiyalarga keng jalb etish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, pedagoglar malakasini yuksaltirish hamda yosh mutaxassislarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mazkur hamkorlik texnikumda ta’lim sifati yanada oshishiga xizmat qiladi.

 


 

2025 yil 12 dekabr kuni TDTU 3-son akademik litseyga, TDTU Fakultet ortopedik sromatologiya kafedrasi professor-o’qituvchilarni tashrifi bolib o’tdi. Bulardan Prof. Akbarov A.N., Prof Rizaeva S.M., dotsentlar Xabilov B.N., Ziyadullayeva N.S., Nigmatova N.R., assistentlar Tillaxodjayeva M.M., Ibragimov A.X. tashrif buyurushib o’quvchi-yoshlar bilan “Stomatologiyaga kirish” mavzusida batafsil tushuntirishlar berildi. “Stomatologiyaga kirish” mavzusi stomatologiya fanining asoslari o’rganishda muhim ahamiyatga ega.Ushbu mavzu orqali talabalarda tishlar, o’g’iz bo’shlig’i va jag- yuz sohasining tuzilishi, funksiyalari hamda ularning umumiy organizm bilan bog’liqligi haqida dastlabki tushunchalar shakllanadi.

Mazkur mavzuning ahamiyati shundaki, u stomatologik kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash va to’gri davolash tamoyillarini anglashga yordam beradi.Shuningdek, stomatologiya yonalislari, shifikor- stomatologning vazifalari va kasbiy mas’uliyati haqida bilim beradi. Bu bilimlar keyingi klinik fanlarni o’zlashtirish uchun mustahkam nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.

Litseyning  O’IBDO’ F. Yusupova, YBIBDO’ G. Qo’ldoshevalar  va 1-kurs 1-25 guruh o’quvchilari qatnashdilar. O’quvchilar qiziqish bilan tingladilar va ular tomon berilgan savollarga ijobiy javob oldilar.

17.03.2026 yil 08:40  da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 3-o’quv xona

 Stomatologiya 2 fakulteti 3-kurs 307 B guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti N.R.Nigmatova  tomonidan o‘tkaziladigan “Kombinirlangan ko‘priksimon protezlarni (metall-chinni, metall-plastmassa, dioksid-tsirkon-chinni) tayyorlanishining klinik-laborator bosqichlari. Chinnimassasini metall karkasga bosqichma-bosqich surtish. Plastmassani metallkarkasiga bosish. Qoplovchi hom ashyoning rangini tanlash..” mavzusidagi ochiq darsiga taklif etamiz

24.03.2026 yil 08:40  da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 3-o’quv xona  Stomatologiya 2 fakulteti 3-kurs 307 B guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti K.N. Shoahmadova  tomonidan o‘tkaziladigan “Press-keramik, dioksid-tsirkon va kompozit ko‘priksimon protezlargako‘rsatmalar, klinik-laborator bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Dioktsid-tsirkon ko‘priksimon protezlashni tayyorlashda sunʻiy intellektningroli. Yakuniy laborator bosqich rangni tug‘irlash, glazurlash, ishlov berish vamahkamlash. Ko‘priksimon protezlarni tsementga qotirish” mavzusidagi ochiq darsiga taklif etamiz.

 


 

2025-yil 1- 11- dekabrlarda Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimlari  Qozog‘istonning Turkiston shahri Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyirshdi. Bular doirasida dotsentlar Arslanov O.U., Xabilov B.N., Usmonov F.K., Nigmatova N.R. Shoahmedova K.N., Yarasheva N.I., Usmonxodjaeva D.R., Tillaxodjayeva M.M.,

Kirish so‘zi bilan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti Terapevtik va ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri, dotsent Tuleshova E.J. chiqish qilib, mehmonlarni tanishtirdi va qutlab o‘tdi. Kafedra dotsenti Arslanov O.U. “Tish qattiq to‘qimalarining kariyesga bog‘liq bo‘lmagan, tish chiqqandan keyin yuzaga keladigan kasalliklari: etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari”. “Tish qattiq to‘qimalari kasalliklarini diagnostika va davolashda uchraydigan asoratlar hamda xatolar, asoratlarning oldini olish.” “Tish qattiq to‘qimalarining kariyes va nokarioz kelib chiqishli kasalliklarini ortopedik davolash usullari: vinerlar, lyuminerlar va koronkalardan foydalanish.”. Kafedra dotsenti Arslanov O.U. “Press-keramik, dioksid-sirkoniyli va kompozit ko‘priksimon protezlarni tayyorlashga ko‘rsatmalar”.
“Ko‘priksimon protezlarni fiksatsiya qilish bosqichi.” “Rangni korreksiya qilish, yakuniy ishlov berish va glazurlash bosqichi.” Kafedra assistenti Tillaxodjayeva M.M. tomonidan “Ko‘priksimon protezlar bilan protezlashda uchraydigan xatolar va asoratlar”, “Olinmaydigan ko‘priksimon protezlar bilan protezlashga ko‘rsatmalar”, “Dioksid-sirkoniyli protezlarni tayyorlashga ko‘rsatmalar” mavzularida maruza va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

Tibbiyot oliygohida o‘tkazilgan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar yuqori professional hamda ilmiy-metodik darajada tashkil etildi. Ma’ruzachilar va o‘qituvchilar chuqur nazariy bilim, zamonaviy o‘qitish yondashuvlari va yuqori pedagogik mahoratni namoyish etdilar. Amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlashga, talabalarda klinik fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.
Umuman olganda, o‘tkazilgan tadbirlar ijobiy baholandi, talabalar va o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish va professional tajriba almashinuviga salmoqli hissa qo‘shdi.

 


 

2025-yil 22-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Sport bayrami” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim va ko‘tarinki ruhdagi tadbirda fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi faol ishtirok etdi.

“Sport bayrami” sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida turli sport musobaqalari, jamoaviy o‘yinlar va qiziqarli estafetalar o‘tkazildi.

Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi jamoasi ushbu tadbirda faol ishtirok etib, o‘zining tashkiliy faolligi, jamoaviy birligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi. Kafedra vakillari musobaqalarda qatnashib, universitet miqyosidagi sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatladilar hamda tadbirning yanada ko‘tarinki va mazmunli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Mazkur “Sport bayrami” universitet jamoasi uchun nafaqat sport musobaqasi, balki hamkorlikni mustahkamlovchi, ijobiy kayfiyat va faollikni oshiruvchi muhim tadbirlardan biri bo‘lib xizmat qildi.

 


 

2025 yil, 6 noyabr sanasida Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professor- o‘qituvchilari Guliston Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi. Yig‘ilish davomida Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti va Guliston Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv jarayonida ta’lim sifati, ilmiy-uslubiy ishlarni rivojlantirish, o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish hamda amaliyot jarayonini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir samimiy muhitda, o‘zaro hurmat va hamkorlik ruhida o‘tdi.

TDTU “Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi” mudiri, professor Akbarov A.N., professor Ziyadullaeva N.S., dosentlar Arslonov O.U., Nigmatova N.R., Usmonov F.K., Tulyaganov J.Sh., Xabilov B.N., Shoahmedova K.N., katta o‘qituvchi Yarasheva N.I., assistentlar Tillahodjaeva M.M., Xabilov D.N., Usmonkhodjaeva D.R., xodimlar tomonidan bir nechta ma’ruzalar o’tkazildi. Shular ichida “Ortopedik stomatologiyasiga qirish, tishlar protezlash asoslari va chaynash funksiyasini tiklash”, “O’g’iz bo’shlig gigiyenasi va o’g’iz gigienasi vositalari” “Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo’llashning innovatsion yondashuvi”.

08.11.2025 yil  11.00 da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 4-o’quv xona Stomatologiya  fakulteti 3-kurs 304 C guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti M.M. Tillaxodjayeva  tomonidan o‘tkaziladigan “Qoplamalarni og‘izda charxlangan tabiiy tishlarga o‘lchab ko‘rish. To‘g‘ri tayyorlangan qoplamalarga oxirgi bo‘lgan talablar. Metall va estetik qoplamalarga oxirgi ishlov berish. Qoplamalarni pardozlash sifatini baholash. Metall va boshqa turdagi qoplamalarni sementga qotirish.” mavzusidagi ochiq darsiga taklif etamiz.

19.11.2025 yil 08:40 da  ТDTU Stomatologiya kampusi  Ortopedik stomatologiya binosi 6-o’quv xona Stomatologiya fakulteti 3-kurs 301 А guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti D.N.Xabilov  tomonidan o‘tkaziladigan » mavzusidagi ochiq darsga taklif etamiz.bo‘shlig‘i klinikasi, protezlash turlari.Ildizga qo‘yiladigan talablar. Shpilkali konstruksiyalarning tasnifi. Kultevali shpilkali konstruksiyalar yordamida tiklash. Kopeykin bo‘yicha shpilkali konstruksiyalarni tayyorlash usuli.» mavzusidagi ochiq darsga taklif etamiz.

21.11.2025 yil  08:00  da  ТDTU Fakultet  Ortopedik stomatologiya kafedrasi bazasi  Ix- Med xususiy klinika binosi 2-o’quv xona Stomatologiya fakulteti 4 -kurs 409 А guruh talabalariga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti  F.X. Irsaliyeva   tomonidan o‘tkaziladigan “Tish qatorlarining qisman nuqsonlarini byugel (yoysimon) protezlar bilan davolash. Byugel protezlarga ko‘rsatmalar, tarkibiy qismlari. Yoysimon protezlarning klinik-laborator bosqichlari. Tayanch tishlarga bo‘lgan talablar. Tayanch tishlarni byugel protez bilan davolashga tayyorlash. Tayanch tishlarni qoplamalar bilan qoplashga ko‘rsatmalar. Parallelometriya” mavzusidagi ochiq darsiga taklif etamiz.

 


 

2025-yil 23-oktabr kuni “Ortopedik stomatologiya va ortodontiyaning dolzarb muammolari” mavzusida har yillik Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Fakultet ortopedik stomatologiyasi, Gospital ortopediyasi, Ortopedik stomatologiya propedevtikasi hamda Ortodontiya va tish protezlash kafedralari ishtirok etdi. Mazkur konferensiyada 50 dan ortiq og‘zaki ma’ruzalar tinglandi, 40 dan ortiq poster ma’ruzalar namoyish etildi. Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishlari quyidagi sohalarni qamrab oldi:

Stomatologiyada bilvosita restavratsiyaga innovatsion yondashuvlar

Tish implantlariga tayangan protezlashning zamonaviy usullari

Ortodontiya masalalari va bolalar stomatologiyasini optimallashtirish, shuningdek profilaktika

Konferensiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda tibbiyot sohasida olib borilayotgan nazariy asoslar, amaliy tajriba, dolzarb muammolar hamda istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Xususan, ortopedik stomatologiya va ortodontiyaning dolzarb muammolarini muhokama qilish, klinik amaliyotga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, stomatologik kasalliklarning profilaktikasi va davolash yondashuvlarini takomillashtirish, ortopedik stomatologiya va ortodontiyada yangi yo‘nalishlar va tendensiyalarni taqdim etish, hamda innovatsion usullar va sun’iy intellektni amaliyotga tatbiq etish maqsad qilingan.

Konferensiyaning asosiy vazifalaridan biri mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratish, stomatologik yordam sifatini yaxshilash va protezlash muddatini qisqartirishdan iborat. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va iqtidorli olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion hamkorlik jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash hamda rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va qo‘llab-quvvatlash ham muhim yo‘nalishlardan biridir.

Konferensiya ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yosh olimlar va iqtidorli yoshlarni sohaga jalb etish hamda ularning yetakchi mutaxassislar bilan aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

 


 

2025-yil 14–15-oktabr kunlari Chelyabinsk shahrida Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti bazasida o‘tkazilgan “Stomatologiya pod mikroskopom” nomli Butunrossiya xalqaro yubiley olimpiadasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Abduqahhorov Abdulaziz munosib ishtirok etdi. Talaba “Xirurgik stomatologiya” nominatsiyasida yuqori bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur olimpiadadagi muvaffaqiyatga Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professori Rezaeva Sevara Merguliamovna ilmiy rahbarligida erishildi. Ustoz tomonidan talabaning nazariy bilimlari va amaliy tayyorgarligini mustahkamlash bo‘yicha olib borilgan samarali ishlar ushbu natijada muhim o‘rin tutdi.Talabaning xalqaro miqyosdagi olimpiadada faxrli o‘rin egallashi universitet ilmiy salohiyati, kafedra professor-o‘qituvchilarining yuqori malakasi hamda yosh mutaxassislarni tayyorlash sifatining yorqin namunasi hisoblanadi. Ushbu yutuq talabalarni ilmiy-amaliy faoliyatga keng jalb etish, stomatologiya sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.