
Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi universitetning yetakchi o‘quv-ilmiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, ortopedik stomatologiya yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Kafedra faoliyati ta’lim jarayonini takomillashtirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni stomatologik amaliyotga joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan stomatologik yordam sifatini oshirishga qaratilgan.
Kafedrada milliy stomatologiya maktabining ko‘p yillik an’analari va diagnostika, davolash hamda bemorlarni reabilitatsiya qilishning zamonaviy innovatsion yondashuvlari muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirilgan. Professor-o‘qituvchilar tarkibi ilmiy, davolash va xalqaro faoliyat bilan faol shug‘ullanib, respublika va xalqaro konferensiyalar, forumlar hamda ta’lim loyihalarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
