

2026 yil 13 may kuni, Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan kafedramiz professor-o‘qituvchilari tomonidan Layli va Majnun spektakliga tashrif amalga oshirildi. Mazkur madaniy tadbir professor-o‘qituvchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy san’at va adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilar va ma’naviy ma’rifi ishlar bo‘yicha ma’sul faol ishtirok etdilar.
Spektakl davomida sharq mumtoz adabiyotining betakror namunasi bo‘lgan “Layli va Majnun” asarida insoniy muhabbat, sadoqat, vafodorlik va sabr-toqat kabi yuksak fazilatlar mahorat bilan yoritildi. Sahna ko‘rinishlari, aktyorlarning ijrosi hamda milliy musiqalar professor-o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.Tashrif davomida ustozlar tomonidan milliy teatr san’ati xalqimiz ma’naviy hayotining ajralmas qismi ekanligi, bunday asarlar yosh avlodni ezgulik, mehr-oqibat va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, mumtoz adabiyotimiz namunalarini keng targ‘ib qilish va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Tadbir yakunida professor-o‘qituvchilar spektakldan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, teatr san’ati inson ma’naviyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishini alohida e’tirof etdilar.

2026 yil 29 aprel sanasida, Toshkent davlat tibbiyot universiteti kengashida
Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi faxriy ustozlaridan biri, ko‘p yillik samarali faoliyati bilan tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Yuldashov Obid Taxirovichning 70 yoshli yubileyi munosabati bilan institut Kengashida tantanali tabrik marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kafedra xodimlari hamda yosh mutaxassislar ishtirok etdilar. Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Baymuradov Shuxrat Abdudjalilovich tomonidan yubilyarga samimiy tabrik va ezgu tilaklar yo‘llandi. Tabrik davomida Yuldashov Obidtaxirovichning ko‘p yillik fidokorona mehnati, stomatologik ta’lim tizimini rivojlantirishdagi xizmatlari, ortopedik stomatologiya yo‘nalishida ilmiy-amaliy faoliyati hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi ulkan hissasi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, ustozning boy pedagogik tajribasi, talabalar va yosh shifokorlarga bo‘lgan e’tibori, kasbiy mahorati va insoniy fazilatlari haqida iliq fikrlar bildirildi. U kishining uzoq yillar davomida universitet va kafedra ravnaqi yo‘lida olib borgan samarali faoliyati hamkasblari tomonidan katta hurmat bilan tilga olindi. Tadbir davomida Yuldashov Obidtaxirovichning ilmiy va amaliy faoliyatiga oid yutuqlari, ortopedik stomatologiya sohasidagi tajribasi hamda tibbiyot rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi. Jubilyarning ko‘plab shogirdlari bugungi kunda malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritayotgani alohida faxr bilan qayd etildi.
Marosim yakunida universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar va kafedra xodimlari yubilyarni muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, uzoq umr, ilmiy va pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar hamda shogirdlari ardog‘ida bo‘lib yurishini tiladilar.



2026-yil 27-apreldan 8-maygacha Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimlari Qozog‘istonning Turkiston shahri Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyirshdi. Bular doirasida dotsentlar Arslanov O.U., Xabilov B.N., Usmonov F.K., Yarasheva N.I., Usmonxodjaeva D.R., Tillaxodjayeva M.M.,
Kirish so‘zi bilan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti Terapevtik va ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri, dotsent Tuleshova E.J. chiqish qilib, mehmonlarni tanishtirdi va qutlab o‘tdi. Kafedra dotsenti Arslanov O.U. “Tish qattiq to‘qimalarining kariyesga bog‘liq bo‘lmagan, tish chiqqandan keyin yuzaga keladigan kasalliklari: etiologiyasi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari”. “Tish qattiq to‘qimalari kasalliklarini diagnostika va davolashda uchraydigan asoratlar hamda xatolar, asoratlarning oldini olish.” “Tish qattiq to‘qimalarining kariyes va nokarioz kelib chiqishli kasalliklarini ortopedik davolash usullari: vinerlar, lyuminerlar va koronkalardan foydalanish.”. Kafedra dotsenti Arslanov O.U. “Press-keramik, dioksid-sirkoniyli va kompozit ko‘priksimon protezlarni tayyorlashga ko‘rsatmalar”.
“Ko‘priksimon protezlarni fiksatsiya qilish bosqichi.” “Rangni korreksiya qilish, yakuniy ishlov berish va glazurlash bosqichi.” Kafedra assistenti Tillaxodjayeva M.M. tomonidan “Ko‘priksimon protezlar bilan protezlashda uchraydigan xatolar va asoratlar”, “Olinmaydigan ko‘priksimon protezlar bilan protezlashga ko‘rsatmalar”, “Dioksid-sirkoniyli protezlarni tayyorlashga ko‘rsatmalar” mavzularida maruza va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
Tibbiyot oliygohida o‘tkazilgan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar yuqori professional hamda ilmiy-metodik darajada tashkil etildi. Ma’ruzachilar va o‘qituvchilar chuqur nazariy bilim, zamonaviy o‘qitish yondashuvlari va yuqori pedagogik mahoratni namoyish etdilar. Amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlashga, talabalarda klinik fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.
Umuman olganda, o‘tkazilgan tadbirlar ijobiy baholandi, talabalar va o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish va professional tajriba almashinuviga salmoqli hissa qo‘shdi.

10.04.2026 yil Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida “Amir Temur siymosi – milliy o‘zlik va g‘urur timsoli” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Mazkur tadbir doirasida fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilar va ma’naviy ma’rifi ishlar bo‘yicha ma’sul faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir doirasida Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o‘rinbosari A.Xudayberdiyev tomonidan taqdimot o‘tkazildi.
Film namoyishi davomida Amir Temurning yuksak jasorati, dono siyosati, ilm-fan va bunyodkorlikka bo‘lgan e’tibori yorqin tasvirlandi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan film mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida ustozlar tomonidan Amir Temurning “Kuch — adolatda” degan hikmatli so‘zlari misol tariqasida keltirilib, bugungi kunda ham ushbu tamoyil o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi qayd etildi. Film yoshlar qalbida tariximizga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qildi.Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, tarixiy xotirani asrash va buyuk ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar film namoyishidan katta taassurot olganliklarini bildirib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.


1.04.2026 yil Toshkent davlat tibbiyot universiteti ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tashabbusi hamda institut rektori tomonidan shaxsan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida kafedramiz professor-o‘qituvchilari Islom sivilizatsiyasi markazi ga tashrif buyurdilar. Mazkur tadbir doirasida fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilar va ma’naviy ma’rifi ishlar bo‘yicha ma’sul faol ishtirok etdilar.
Mazkur tashrifdan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilarning tarixiy va ma’naviy merosimiz haqidagi bilimlarini yanada boyitish, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir institut rektori tomonidan yuqori saviyada tashkil etilib, tashrif davomida barcha professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Ekskursiya davomida kafedra professor-o‘qituvchilari markazdagi noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar hamda xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalarimizning ilmiy faoliyati va boy merosi professor-o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi. Tashrif davomida bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish borasidagi vazifalar haqida ham alohida fikr yuritildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ilmiy va ma’naviy salohiyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida barcha professor-o‘qituvchilar tashrifdan mamnun ekanliklarini bildirib, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalarni muntazam tashkil etish zarurligini qayd etdilar.


2026-yil 27-mart kuni soat 15:00 da 13-son Talabalar turar joyida Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan “Sumalak sayli” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda Stomatologiya kampusi kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir doirasida fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilar va ma’naviy ma’rifi ishlar bo‘yicha ma’sul faol ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning qadimiy urf-odat va an’analarini keng targ‘ib qilish, jamoa o‘rtasida ahillik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.Professor-o‘qituvchilar milliy liboslarda tashrif buyurib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda bahoriy an’analarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ayniqsa, sumalak tayyorlash jarayoni va uning atrofidagi milliy udumlar barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida xalqimizning qadimiy qadriyati bo‘lgan sumalakning birlik, mehr-oqibat, qut-baraka va hamjihatlik ramzi ekani alohida ta’kidlandi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan milliy an’analarni yosh avlodga yetkazish va ularni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekanligi qayd etildi
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar “Sumalak sayli” yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tganligini bildirib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.



2025-yil 22-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Sport bayrami” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim va ko‘tarinki ruhdagi tadbirda fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi faol ishtirok etdi.
“Sport bayrami” sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida turli sport musobaqalari, jamoaviy o‘yinlar va qiziqarli estafetalar o‘tkazildi.
Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi jamoasi ushbu tadbirda faol ishtirok etib, o‘zining tashkiliy faolligi, jamoaviy birligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi. Kafedra vakillari musobaqalarda qatnashib, universitet miqyosidagi sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatladilar hamda tadbirning yanada ko‘tarinki va mazmunli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mazkur “Sport bayrami” universitet jamoasi uchun nafaqat sport musobaqasi, balki hamkorlikni mustahkamlovchi, ijobiy kayfiyat va faollikni oshiruvchi muhim tadbirlardan biri bo‘lib xizmat qildi.



2025 yil 17 noyabr kuni «OʻZBEKISTON BAYROGʻI« kuni mavzusidagi ZOOM orqali manaviyat darsida ishtirok etish. Bayroq deganda maʼlum bir ijtimoiy-siyosiy guruh va jamoaning maʼnaviy jihatini namoyon qiluvchi belgi, ramzni tushunamiz. Suveren davlat, geografik hudud, shahar, qishloq, tashkilot, armiya boʻlinmalari va hokazolar ham oʻz bayroqlariga ega boʻlishi mumkin. Tarixda oʻtgan davlatlar turli harbiy yurishlarda bayroqdan foydalanishgan. Armiya uchun ham alohida bayroqlar boʻlgan. Undan tashqari, maʼlum bir tillarda gaplashuvchilar jamoasining ham oʻziga xos bayroqlari boʻlgan. Bunday bayroqlarga xalqaro Frankofoniya tashkiloti bayrogʻi, portugal tilli davlatlar uyushmasi bayrogʻi, esperanto davlatlari bayrogʻi kabilarni misol keltirish mumkin. Yaqingacha turkiy kengash deya nomlangan Turk davlatlari tashkilotining ham maxsus bayrogʻi bor. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi ham maxsus bayroqqa ega. Shakli va proporsiyasi har xil boʻlsa-da, asosan toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlib, balandligi ikki birlik, kengligi esa uch birlik hajmda boʻladi. Bayroqning yoʻq qilinishi u aks ettirib turgan davlat, tashkilot, shaxs va boshqalarning yoʻq qilinishini bildiradi. Jumladan, urushlarda bayroqning dushman qoʻliga tushib qolishi qoʻshin magʻlubiyatini anglatgan.
Bayroqlardagi ranglar muayyan maʼnolarni anglatadi. Masalan, 2023-yil eʼlon qilingan bir tadqiqot natijalariga koʻra, dunyo boʻylab bayroqlarda ishlatilgan ranglar orasida qizil rang yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda oq, koʻk va yashil ranglar turibdi. Ushbu ranglar esa oʻz navbatida bir qator maʼnolarni anglatadi. Masalan, oq rang 43 foiz holatda poklikni, tozalikni anglatadi. Koʻk rang dengiz (48 foiz), yashil rang tabiat (53 foiz), sariq rang boylik (35 foiz), qora rang qora tanlilar (41 foiz)ni bildiradi. Qizil rang esa asosan asrlar davomida millatning toʻkilgan qoni ramzi sifatida qaraladi. Jumladan, Oʻzbekiston bayrogʻidagi qizil chiziqlar ham ozodlik yoʻlida toʻkilgan qon yoki tomirlarimizda oqayotgan qonni bildiradi. Bayroqdagi moviy rang zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Oq rang – tinchlik va poklik timsoli. Oq rang Oʻzbekiston tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yoʻllar – har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzi. Yashil rang – tabiat timsoli. Yarim oy – Islom ramzi. Shuningdek, u yulduzlar bilan birga musaffo osmon va tinchlikni aks ettiradi. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning oʻn ikki yulduzga boʻlgan eʼtiborimiz Oʻzbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.




08.09.25 yil «VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN ,XALQ UCHUN» kuni mavzusida : ZOOM orqali manaviyat darsida ishtirok,mavzu muhokamasi bo’lib o’tdi. Xabaringiz bor, poytaxtimiz Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami katta tantana bilan nishonlandi. Bayramda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan mehmonlar, turli soha vakillari, yoshlar va faxriylar ishtirok etdilar. Shu tantanada hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev barchamizni mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladilar.
Keling, hozir birgalikda Prezidentimizning so‘zlariga quloq tutamiz!
(Dars mashg‘uloti boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar haqidagi fikrlari aks etgan videorolik namoyish etiladi.)
Aziz o‘quvchilar!
Mana hozirgina ko‘rganimizdek, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev siz, yoshlar, kelajagimiz egalariga katta ishonch bildirdilar. Biz hamisha mana shu ishonchga munosib bo‘lishimiz kerak. Buning uchun birinchi navbatda bilim olishimiz, oilamizni va Vatanimizni sevishimiz, mehnatsevar, vatanparvar bo‘lishimiz zarur.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Yoshlar bizning eng katta boyligimiz, eng ishonchli tayanchimizdir.” Shuning uchun har biringizning bilimli, irodali, g‘ayratli bo‘lib voyaga yetishingiz — O‘zbekistonning ertangi kuni, mustaqilligimizning mustahkam poydevoridir.
