
Muslimova Dildora Mirgulomovna
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti
Muslimova Dildora Mirgulomovna 1981-yil 28-yanvarda tug‘ilgan. 1998–2003-yillarda Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lgan. Muslimova D.M. 2003–2005-yillarda ortopedik stomatologiya va ortodontiya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. 2016-yildan hozirgi vaqtgacha Fakultet ortopedik stomatologiyasi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib keladi.
Muslimova Dildora Mirgulomovna katta pedagogik tajribaga ega o‘qituvchi bo‘lib, hamkasblari va talabalar o‘rtasida katta hurmatga sazovor.
