Tillaxodjayeva Madina Maxirovna

Tillaxodjayeva Madina Maxirovna

Tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent davlat tibbiyot universitet Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti

Tillaxodjayeva Madina Maxirovna 1991-yil 1 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2011 yilda Moskva Davlat Tibbiyot Stomatologiya Universitetiga o‘qishga kirgan, 2012 yilda tahsilini Toshkent Tibbiyot Akademiyasida davom ettirgan. 2016–2018 yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutida klinik ordinaturada tahsil olgan. 2018 yildan Toshkent Davlat Stomatologiya Institutining Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritmoqda.

          2024 yilda A.N. Akbarov rahbarligida “Implantatlarga tayanuvchi qotirilgan protez konstruksiyalari bilan protezlashni takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

           Tillaxodjayeva Madina Maxirovna xorijiy va mahalliy manbalarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, bir nechta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi, shuningdek, xalqaro konferensiyalarda ko‘p marotaba ma’ruza bilan ishtirok etgan.

          Tillaxodjayeva M.M. dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, interaktiv usullarni faol foydalanadi. U pedagog va olim sifatida o‘ziga ham, atrofidagilarga ham talabchan. Hamkasblari va talabalari orasida hurmatga sazovor