Shoahmedova Komola Nazrullayevna

Shoahmedova Komola Nazrullayevna

Tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent davlat tibbiyot universitet Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti

Shoahmedova Komola Nazrullaevna 1990-yil 21-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. 2011–2013 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasid klinik ordinaturada tahsil olgan. 2019-2021 yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutining Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti va 2021-2022 yillarda katta o’qituvchi lavozimida ishlagan. 2022-yildan xozirgi kunga qadar Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasida dotsent sifatida faoliyat yuritmoqda.

          2020 yilda A.N. Akbarov rahbarligida “Surunkali buyrak kasalligida og’iz bo’shligidagi o’zgarishlar va ortopedik stomatologik yordamni optimallashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

           Shoahmedova Komola Nazrullayevna xorijiy va mahalliy manbalarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, bir nechta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi, shuningdek, xalqaro konferensiyalarda ko‘p marotaba ma’ruza bilan ishtirok etgan.

          Shoahmedova K.N. dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, interaktiv usullarni faol foydalanadi. U pedagog va olim sifatida o‘ziga ham, atrofidagilarga ham talabchan. Hamkasblari va talabalari orasida hurmatga sazovor.