
Nigmatova Nigora Rahmatullayevna
Tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent davlat tibbiyot universitet Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti
Nigmatova Nigora Rahmatullayevna 1990-yil 12-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kirgan, 2011 yilda tamomlagan. 2011–2013 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Stomatologiya fakulteti Ortopedik stomatologiya kafedrasida magistraturada tahsil olgan. 2013-2014 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ortopedik stomatologiya kafedrasida assistent, 2014-2022-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya instituti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2023-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent Davlat tibbiyot Universitetining Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2022- yilda A.N. Akbarov rahbarligida “Tish toj qismi nuqsonlarini protezlashda sirkoniy dioksid individual o’zakli tishlarning qo’llanilishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Nigmatova Nigora Rahmatullayevna xorijiy va mahalliy manbalarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, bir nechta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi, shuningdek, xalqaro konferensiyalarda ko‘p marotaba ma’ruza bilan ishtirok etgan.
Nigmatova N.R. dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, interaktiv usullarni faol foydalanadi. U pedagog va olim sifatida o‘ziga ham, atrofidagilarga ham talabchan. Hamkasblari va talabalari orasida hurmatga sazovor.
