Xabilov Davron Nigmonovich

Xabilov Davron Nigmonovich

Tibbiyot fanlari doktori, Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dosenti

Xabilov Davron Nigmonovich 1994-yil 3-noyabrda  Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013–2015-yillarda RUDN talabasi bo‘lgan. 2015-yilda o‘qishni Samarqand tibbiyot institutida davom ettirgan. 2016–2019-yillarda TГSI talabasi bo‘lgan. 2019–2021-yillarda “Fakultet ortopedik stomatologiyasi” kafedrasining magistranti bo‘lgan. 2021–2022-yillar davomida ТGМU Fakultet ortopedik stomatologiyasi kafedrasida assistent lavozimida ishlagan.

2022-yilda professor Akbarov A.N. rahbarligida “COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlarini ortopedik stomatologik protezlashni ishlab chiqish” mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan. 2023–2025-yillarda TГSI Fakultet ortopedik stomatologiyasi kafedrasining doktoranti bo‘lgan. 2024-yilda professor Akbarov A.N. rahbarligida “COVID-19 kasalligini boshdan kechirgan bemorlarda yuzaga kelgan yuqori jag‘ning asoratlangan osteomielitida protezlashni optimallashtirish” mavzusida tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Xabilov D.N. xorijiy va mahalliy nashrlarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, bir nechta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi bo‘lib, xalqaro konferensiyalarda muntazam ravishda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.

Mashg‘ulotlar jarayonida Xabilov D.N. interaktiv o‘qitish shakllari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanadi. O‘qituvchi va olim sifatida u o‘ziga ham, boshqalarga ham yuqori talab qo‘yadi. Hamkasblar va talabalar uni chuqur hurmat qiladilar.