
Usmonov Farhod Komiljonovich
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, dosent
Usmonov Farhodjon Komiljonovich 1987-yil 6-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasiga oʻqishga kirib, 2011-yilda uni tamomlagan. 2011–2013-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Ortopedik stomatologiya” kafedrasi magistranti boʻlgan. 2013–2014-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Ortopedik stomatologiya va ortodontiya” kafedrasi assistenti, 2014–2015-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti “Gospital ortopedik stomatologiya” kafedrasi assistenti, 2016–2020-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti stomatologiya fakulteti “Fakultet ortopedik stomatologiyasi” kafedrasi assistenti boʻlgan. 2020–2023-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti stomatologiya fakultetining “Fakultet ortopedik stomatologiyasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2024–2025-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti “Xalqaro ta’lim” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan. 2025-yildan hozirgacha Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Fakultet ortopedik stomatologiyasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi.
2018-yilda tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan. 2024-yilda tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.
Bugungi kunda u 2 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy tavsiya muallifi, 1 ta ixtiro uchun patent egasi, 26 ta ilmiy ish muallifi boʻlib, shulardan 16 tasi ilmiy jurnallarda chop etilgan, ularning 12 tasi respublika, 3 tasi xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan.
