Arslanov Otabek Ulugbekovich

Arslanov Otabek Ulugbekovich

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, dosent

           Arslanov Otabek Ulugbekovich  1978 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakul’tetiga o‘qishga kirdi va uni 2000 yili muvaffaqiyatli tugatdi. 2000- yilda Toshkent Vrachlar Malaka Oshirishi  institutning Stomatologiya-№1 kafedrasiga klinik ordinaturaga o‘qishga kirgan va uni 2002 yilda shu institutni ortopedik stomatologiya mutaxassisligi klinik ordinaturani imtiyozli tugatgan, mutaxassisligi ortoped stomatolog.

2004- yilda Arslanov Otabek Ulugbekovich  ilmga qiziqishi tufayli 1-Toshkent tibbiyot institutini Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedraga aspiranturaga kirib o‘qishni davom etirdi. 2007-yili O.U. Arslanov professor X.I. Irsaliev rahbarligida «Qisman ikkilamchi adentiyada tish-jag‘ tizimidagi kompensator-moslashuv jarayonlari va ularni ortopedik tuzatish yo‘llari» mavzusida 14.00.21 – stomatologiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2007- yildan Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida assistent lavozimida ishlay boshladi. Ish jarayoni davrida u o‘zining izlanuvchanligini, mehnatsevarligini, o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan o‘ta talabchanligini, bilimli va yuqori saviyali mutaxassis ekanligini ko‘rsatdi.

2009- yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakul’teti dekan muovini ishni davom ettirdi.

2014- yildan Toshkent davlat stomatologiya institutida Fakul’tet ortopedik stomatologiya kafedrasida assistenti. 2017- yildan  Toshkent davlat stomatologiya instituti fakul’tet ortopedik stomatologiya kafedra dosenti. Kafedrada o‘quv ishlariga mas’ul shaxs bugan. Dosent. O.U. Arslanov 45 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi. Shulardan 4 tasi darslik, 1 monografiya, 3 ta ko‘plab o‘quv uslubiy qo‘llanmalardir.

 2023 yilda professor X.I. Irsaliev rahbarligida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Ilmiy ishining mavzusi: “Protez qilingungacha va qilingandan so‘ng tish qatori nuqsonlarida tish-jag‘ tizimini kompensator moslashuv mexanizmlari”.

Hozirgi kunda Toshkent davlat tibbiyot universitetida, Fakul’tet ortopedik stomatologiya kafedrasida dosent lavozimida ishlamoqda.