
Akbarov Avzal Nigmatullayevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri
Akbarov Avzal Nigmatullaevich 4 may 1976 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1994 yildan 1999 yilgacha Moskva Tibbiyot-Stomatologiya Institutida tahsil olgan. 1999 yilda MTSIni tamomlab, Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida klinik ordinaturaga o‘qishga kirgan. 2002 yilda klinik ordinaturani tugatgan.
2002 yilda klinik ordinaturani tugatgach, ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilingan. 2003 yilda Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedraning aspiranturasiga o‘qishga kirib, 2005 yilda professor X.I. Irsaliyev rahbarligida 14.00.21 – Stomatologiya mutaxassisligi bo‘yicha “O‘rta protezlar yuzasida hosil bo‘ladigan qoplamalarga bog‘liq holda og‘iz bo‘shlig‘ining to‘siq-himoya mexanizmlarining holati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2005 yilda Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida assistent, 2008 yilda katta o‘qituvchi lavozimini egallagan. 2009–2014 yillarda Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedraning dotsenti bo‘lib ishlagan. 2014–2017 yillarda terapevtik stomatologiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yildan hozirgi kungacha fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri.
2017 yilda 14.00.21 – Stomatologiya mutaxassisligi bo‘yicha “Tishlarning to‘liq yo‘qligida tish-jag‘ tizimidagi klinik-funksional o‘zgarishlar, ortopedik stomatologik yordamni optimallashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Akbarov A.N. 14.00.21 – Stomatologiya mutaxassisligi bo‘yicha Ilmiy seminar аzo’si (04/30.12.2019.Тib 59.01). 2022 yilda Xalqaro Stomatologiya Akademiyasi a’zoligiga qabul qilingan. 2024 yilda Pyer Foshard Akademiyasi a’zoligiga tan olingan. Professor Akbarov A.N. ilmiy-amaliy “Stomatologiya” jurnalining tahrir hay’ati a’zosi hisoblanadi.
Professor Akbarov A.N. 300 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi bo‘lib, ulardan 20 dan ortig‘i darslik, 10 ta monografiya, shuningdek, 10 dan ortiq patent mualliflaridan biri hisoblanadi.
Akbarov A.N. rahbarligida 10 nafar PhD, 4 nafar DSc himoya qilgan, 10 nafar magistr va qariyb 50 nafar klinik ordinatorlar bitirgan.
