Ma’naviy ishlar

Terapevtik stomatologiya propedevtikasi kafedrasi xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati, Yangiyer tumanidagi, Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumining stomatologiya yo’nalishi talabalari va pedagogik xodimlari bilan o’zaro amaliy uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash hamda yoshlarning kasbiy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida navbatdagi amaliy tashrif tashkil etildi.

Joriy yilning 13 may 2026 yil kuni Terapevtik stomatologiya propedevtikasi kafedrasi xodimlari -kafedra mudiri, t.f.d., dosent Shukurova U.A., t.f.d., dosent Yusupalixodjayeva S.X., katta o’qituvchi Jumayev S.Yu., hamda assistentlar Musashayxova Sh.K. va Ishniyazova G.B. tomonidan Sirdaryo viloyati, Yangiyer tumanidagi, Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumining stomatologiya yo’nalishi talabalari va pedagogik xodimlari bilan o’zaro amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Stomatologik xonani tashkillashtirish” hamda “Tish qattiq to’qima kasalliklari” mavzularida mahorat darslari o’tkazildi. Shuningdek, talabalarni kasbga yo’naltirish va ularning kelajakdagi mutaxassislik tanlovini qo’llab-quvvatlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, amaliy jarayonlarda faol ishtirok etib, esdalik sov-alari bilan taыdirlandilar va stomatologiya sohasiga oid bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamladilar.

Uchrashuv yakunida texnikum kutubxona bazasini boyitish maqsadida kafedra xodimlari tomonidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar taqdim etildi.

Mazkur tadbir ikki ta’lim muassasasi o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga, talabalarning kasbiy salohiyatini oshirishga va kelajakda malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonini qo’llab-quvvatlashga xizmat qildi.