TERAPEVTIK STOMATOLOGIYA PROPEDEVTIKASI KAFEDRASI TARIXI
Kafedra mudiri sifatida t.f.d., dotsent Shukurova Umida Abdurasulovna tayinlandi. U.A.Shukurova o‘z faoliyatini professor X.P.Kamilov boshchiligadi Terapevtik stomatologiya kafedrasida katta tajribakor faoliyatidan boshlagan, shu kungacha professor O.Ye.Bekjanova rahbarligi ostida faoliyat olib borgan Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelgan. U.A.Shukurova 2009-yilda “Osobennosti klinicheskogo techeniya i lecheniye xronicheskogo retsidiviruyushego aftoznogo stomatita u beremennix” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2018-yilda “Kliniko-patogeneticheskoye lecheniye krasnogo ploskogo lishaya slizistoy polosti rta” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U.A.Shukurova 160 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarni muallifi va xammuallifidir, jumladan, 120 ta ilmiy maqola va tezislar, 10 uslubiy tavsiyanoma va 5ta darslik, 2ta monografiya, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy hamda o‘quv qo‘llanmalar.
Terapevtik stomatologiya propedevtikasi kafedrasi 1-, 2-kurs talabalariga “Preklinik restavratsion stomatologiya” va “Klinik restavratsion stomatologiya” fanlaridan mashg‘ulotlarni olib boradi.
Hozirgi kunda kafedrada quyida keltirilgan xodimlar ishlab kelmoqda: t.f.d., dotsent S.X.Yusupalixodjayeva, t.f.n. S.Yu.Jumayev, t.f.n. Yulbarsova N.A., t.f.n. S.S.Gafforova, assistentlar: F.R.Navruzova, Sh.Sh.Azizova, I.E.Sadikova, Z.F.Kurbanova, G.B.Ishniyazova, J.E.Soliyev, B.B.Sattorov., X.O.Mukimova.
Hozirgi kunda kafedrada oshqozon va o‘nikki barmoq ichak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar surunkali parodontitni kompleks davolashni takomillashtirish, anemiya bilan og‘rigan homiladorlarda stomatologik kasalliklarni tashxislash va kompleks davolashni takomillashtirish, tish qattiq to‘qimalariga elektromagnit nurlanishlarning ta’sirini baholash va davo-profilaktik choralarni ishlab chiqish, epoksidli polimerlar bilan aloqada bo‘lgan ishchilar uchun stomatologik yordamni tashkil etishni ilmiy asoslash bo‘yicha turli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedrada talabalarni mustaqil fikrlashga, mustaqil ishlashga, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib boriladi.

Terapevtik stomatologiya propedevtikasi kafedrasi tomonidan 2023-yildan boshlab Rossiya Federatsiyasining “SPLAT” korxonasi bilan xalqaro xamkorlik yo‘lga ko‘yildi. Buning negizida Respublika miqyosida kattalar, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
