- TIBBIY TA’LIMDA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR:NAZARIYADAN AMALIYOT SARI” NOMLI XALQARO O‘QUV-USLUBIY ANJUMAN



Toshkent davlat tibbiyot universitetida (3-kampus, rektorat 1-zali) 5 mart 2026 yil xalqaro ishtirok bilan o’quv-uslubiy anjuman muvaffaqiyatli o’tkazildi.
Anjumanning asosiy maqsadi tibbiy ta’limda sun’iy intellekt (SI), raqamli texnologiyalar va chuqur o’qitish usullarini joriy etish orqali nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalarga aylantirish, stomatologiya va klinik tayyorgarlikda intellektual tizimlarni takomillashtirish yo’llarini muhokama qilish.
Anjuman soat 9:00 dan boshlanib, qatnashuvchilar ro’yxatdan o’tkazildi va 9:30 da TDTU rektori professor Boymuradov Sh.A. tomonidan rasmiy ochib berildi. Anjumanda professor Azimov M.I., professor Nigmatov R.N., Stomatologiya 1 fakulteti dekani professor Murtazayev S.S., professor Xabilov N.L., professor Yakubov R.K. anjumanda o’z ma’ruza va so’zlari bilan ishtrok etishdi. Professor Qamariddin Najmutdinovich Najmutdinov hayot faoliyati professor o’qituvchilar tomonidan eslab o’tildi.
Anjumanda Sun’iy intellekt amaliy kafedralarda (Rossiya, Privoljsk universiteti), YOLOv5 kariyes va parodont tahlili (Malaya universiteti), Kompetensiyaga asoslangan baholash (ToshDavTU), Virtual bemor platformasi (ToshDavTU), Raqamli stomatologiya (ToshDavTU), SI-dasturlari 1-kurs talabalarida (ToshDavTU) kabi jonli ma’ruzalar anjuman qatnashchilari tarafidan qiziqarli savol javoblar bilan o’tkazildi.
20 ta poster ma’ruzalar SI texnologiyalarini ta’limda sinovdan o‘tkazilgan namunalarni va ularning, o’quv jarayoniga amaliy joriy etishga yo‘naltirilgan bo’lib, ulardan xalqaro posterlar:
Malayziya (Universiti of Malaya): «AI og‘iz saratonlarini erta aniqlash» (Fitria Mailiza) – tasvirma’lumotlarini SI bilan tahlil qilish, ta’limda diagnostika ko‘nikmalarini shakllantirish uchun virtual trenaj.
Malayziya: «Deep Learning og‘iz o‘smalari klassifikatsiyasi» (Md Omar Faruk) – gistopatologik tahlilni avtomatlashtirish, talabalarga SI algoritmlarini o‘rgatish amaliyoti.
Malayziya: «YOLOv5 rentgen tahlili» (Dr. Nik Syahirah, Patkhiddinov J.) – kariyes/parodontni avto-aniqlash, stomatologiya ta’limida real vaqt rejimida diagnostika mashg‘ulotlari.
Indoneziya «So’lakk biomarkerlari ML tahlili» (Yuti Malinda) – parodont kasalliklarini erta bashorat qilish, profilaktik tibbiyotda SI qo‘llash tajribasi.
Qozog’iston: “Talabalarning mustaqil ishlarida raqamli tizimlar: imkoniyatlar va cheklovlar” (Tuleshova E. J) – mustaqil ta’lim tizimining o’rni va unda raqamli texnologiyalarni qo’llanilishi aks ettirilgan.
Mahalliy posterlar: SI amaliy ta’limda: Talabalarda AI savodxonligi (Yulbarsova N.A.), SI diagnostikasi (Azizova Sh.Sh.). Stomatologik rentgen tasvirlarida kariyes va parodont patologiyalarni avtomatik aniqlash dasturi. (Shomurodova G.X)g’ nazariyani klinik ko‘nikmalarga aylantirish.
Virtual bemor: 3D-simulyatorlar (Sattorov B.B.), virtual platformalar (Daminova Sh.B.) – amaliy ko‘nikmalarni simulyatsiya orqali o‘zlashtirish.
Profilaktika + SI: Kariyes xavfi dasturlari (Daminova Sh.B., Raxmatullaeva D.U.) — “Elmex gel” samaradorligini SI bilan baholash, profilaktik ta’lim.
Raqamli ekotizimlar: HEMIS logbuki (Jumaev S.Yu.), OSCE baholash (Shukurova U.A.) – kompetensiyalarni raqamli kuzatish va baholash tizimi.
Anjuman tibbiy ta’limda intellektual texnologiyalarni amaliyotga joriy etish uchun muhim platforma bo’lib, xizmat qiladi.

