Kafedra tarixi

Fiziologiya va Patologiya kafedrasi asoslanishi

Patalogik anatomiya kafedrasi tarixi 1920 yil 15 iyundan boshlanadi. Aynan o’sha kuni kafedra mudiri lavozimiga birinchi bor professor V.V. Vasilevskiy tayinlandi. U 1910 yilda Moskva davlat universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan bo’lib, kafedrani 1930 yilgacha muvaffaqiyatli boshqardi.

G.N. Terekhov davri (1930–1966)

1930 yilda kafedra mudiri lavozimiga Gleb Nikolaevich Terekhov (1887–1972) saylandi. U bu vazifada to 1966 yilgacha, ya’ni to’liq 36 yil davomida ishladi. Terekhov 1914 yilda MGU tibbiyot fakultetini tamomlagan, 1936 yilda tibbiyot fanlari doktori unvonini qo’lga kiritgan va shu yiliyoq professor deb tasdiqlangan. 1944 yilda unga «O’zbekiston xizmat ko’rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni berildi. Uning asosiy ilmiy yo’nalishi o’lkaviy patologiya edi: sprue, bolalik vistseral leyshmaniozi, brutselloz, astsitli toksik gepatit kabi mintaqaga xos kasalliklar. 125 dan ortiq ilmiy asarning muallifi bo’lgan Terekhov, shuningdek, 1938–1941 yillarda patofizioligiya kafedrasini ham boshqardi. 1966 yildan 1972 yilgacha u kafedrada maslahatchi professor sifatida faoliyat yuritdi.

P.D. Tulyaganov (1966) va M.S. Abdullaxo’jayeva (1969–1990)

1966 yilda kafedra mudirligiga Pazil Jurаyevich Tulyaganov (1924–1998) tayinlandi. ToshDavTI ni 1952 yilda tamomlagan bu olim 1956 yilda nomzodlik, 1971 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1973 yilda tibbiyot fanlari doktori, 1978 yilda professor unvonini oldi. U 1971–1976 yillarda sud tibbiyoti kafedrasini, 1977–1985 yillarda esa ToshIUV patalogik anatomiya kafedrasini ham boshqardi. 1969 yilda kafedra mudiri lavozimiga

Malika Samatovna Abdullaxo’jayeva keldi. Bu ism O’zbekiston tibbiyot tarixida alohida o’rin egallaydi. U 1956 yilda ToshDavTI ni tamomlagan, 1960 yilda nomzodlik, 1967 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1970 yilda professor, 1980 yilda «O’zbekiston xizmat ko’rsatgan fan arbobi», 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, 2006 yilda esa O’zbekiston Respublikasi Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldi. M.S. Abdullaxo’jayeva 1969–1990 yillarda I ToshDavTI, 1990–2005 yillarda esa II ToshDavTI patalogik anatomiya kafedrasini boshqardi.