
Kafedra mudiri: t.f.d., professor Murtazayev Saidmurodxon Saida’loyevich
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-16:00)
Telefon: (+99871) 238-65-10
E-mail: Saidmurodtma@mail.ru
Bolalar Terapevtik Stomatologiyasi kafedrasining tashkil topishi.
Ushbu kafedraning tashkil topishi uzoq muddatni qamrab oladi. 1931-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining tashkil etilishi bilan yurtimizda tibbiyot rivoji jadal sur’atlarda kechdi. 1954-yilda Stomatologiya fakulteti faoliyatini boshlagan bo’lsa, soha mutasaddilarining harakatlari o’laroq 1976-yilga kelib Bolalar stomatologiyasi kafedrasi tashkil etildi. Hamda ushbu kafedra mudirligi dotsent E. U. Mahkamovga topshirilgan, 1977-85 yillarda kafedraga professor Ioanidis Georgiy Petrovich rahbarlik qilgan. Bu davrga kelib, Stomatologiyada ilmiy-nazariy izlanishlar bilan bir qatorda klinik-malakaviy yutuqlar ko’p bo’lgan.
1986-1992 yillarda bolalar stomatologiyasi kafedrasiga professor Toshpo’lat Xamdamovich Safarov rahbarlik qildi. Bu davrga Bolalar Stomatologiyasi kafedrasida Bolalar jarrohlik stomatologiya va Bolalar terapevtik stomatologiya yo’nalishlari yaqqol ajrala boshladi.
Keyingi yillarda kafedraga 1992-1997 dotsent Zufarov Alimjon Arifjanovich, 1997 yildan 2007 yilgacha professor Yuldashxanova Ozodaxon Sotvoldievna, 2007-2012 yillarda professor Azimov Muxammadjon Ismailovich, 2012-2014 yillarda professor Dusmuhamedov Mahmud Zakirovichlar mudirlik qilishgan.
Kafedra xodimlari o’rtasida yaratilgan shart – sharoitlar ilmiy kadrlarni uzluksiz tayyorlash va kafedra va institutning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qildi. Kafedrada o’qitish sharoitlarini yaxshilash bo’yicha ishlar olib borildi, talabalarni o’qitishda yangi texnologiyalar qo’llanildi. Professor A. S. Yo’ldoshxonova ilk bor Respublikada tish va og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining karioz kasalliklarini oldini olish va davolash usullarini, bolalikda parodontni takomillashtirish bo’yicha ilmiy yo’nalish yaratdi va ishlab chiqdi.
Yuldashxanova Ozodaxon Sotvoldievna rahbarliklari ostida kafedrada 100 dan ortiq ilmiy ishlar, 10 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalari ishlandi hamda 20 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktorlari o’z ishlarini himoya qilishdi. A. S. Yo’ldoshxonova rahbarligida bolalar terapevtik stomatologiya kafedrasi O’zbekiston Respublikasi tibbiyot Oliy o’quv yurtlarining vrachlar malakasini oshirish, ilmiy-pedagogik tarkibi uchun o’quv-amaliy baza maqomiga ega bo’ldi Yuldashxanova Ozodaxon Sotvoldievna.

Kafedra 2014-yildan boshlab hozirgi kungacha Bolalar Terapevtik Stomatologiyasi deb nomlanadi hamda Professor Murtazayev Saidmurodxon Saida’loyevich mudirliklari ostida faoliyat yuritmoqda.

Bololar Terapevtik Stomatologiyasi kafedrasi ustoz-murabbiylari 2024-yil.
Kafedra xodimlari talabalar bilan birgalikda maktablarda, bolalar bog’chalarida va bolalar uylarida asosiy stomatologik kasalliklarning oldini olish bo’yicha muntazam davolash-profilaktika ishlarini olib boradilar. Ular bolalarni shaxsiy og’iz gigienasi qoidalariga o’rgatadilar. 2014-yildan hozirgi kungacha davom etayotgan ushbu lohiya Toshkent Shahar, viloyatlar hamda Qoraqalpog’iston Respublikasidagi 400 dan ortiq maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’kazildi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bolalar terapevtik stomatologiyasi
Bolalar parodontologiyasi
Bolalar og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklari
Kafedra professor o‘qituvchilari:
- Murtazayev Saidmurodxon Saida’loyevich kafedra mudiri t.f.d., professor
- Maxsumova Sayyora Sanjarovna t.f.n., dotsent
- Ishanova Munira Karimullaevna t.f.n., dotsent
- Abduazimova Lola Abrorxodjaevna t.f.n., dotsent
- Zokirxonova Shaxzoda Azatovna t.f.n., dotsent
- Saydaliev Muxiddin Nizomiddin o’g’li t.f.n., dotsent
- Dinikulov Jurabek Abdunabievich t.f.n., katta o‘qituvchi
- Kuchkarova Muxayyo Kurambayevna assistent
- Kodirova Maftunatolibovna assistent
- Utesheva Iroda Zokirjonovna assistent
- Dosmuxammedov Elmurod Xasanovich assistent
- Xasanov Fozil Qozimjonovich assistent
- Adilova Feruza Alisherovna assistent
- Eshimova Sayyora Tursunovna assistent
- Mazifarova Kamilla Ruslan Qizi assistent
- Tadjiyev Javlonbek Baxtiyor o’g’li assistent
- Jaxonaliyev Bekzod Usmonali o’g’li assistent
- Yuldashev Temur Akramovich assistant
Hozirda kafedrada asosiy shtatda 5 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 11 nafar assistentlar ilmiy-pedagogik faoliyatini olib bormoqdalar. Fanlar multimedia tizimlaridan foydalangan holda olib boriladi. Buning uchun fanlar bo‘yicha elektron-o‘quv resurslar yaratilgan. Kafedrada 1 nafar doktorant, 4 nafar mustaqil tadqiqotchilar ilmiy faoliyat olib bormoqdalar.
