Biz haqimizda

Kafedra mudiri – Professor Salimov Odilhon Rustamovich

Salimov Odilhon Rustamovich – tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti Ortopedik Stomatologiya Propedevtikasi Kafedrasi mudiri. U ortopedik stomatologiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, ilmiy faoliyati davomida innovatsion tadqiqotlar olib borgan va mahalliy stomatologik implantlar yaratish bo‘yicha ishlari bilan tanilgan.

Kafedra haqida

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti (TDSI) tarkibidagi Ortopedik Stomatologiya Propedevtikasi Kafedrasi ortopedik stomatologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun muhim nazariy va amaliy bilimlarni taqdim etadi. Kafedra stomatologiya sohasidagi zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘rgatishga qaratilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

•        Ortopedik stomatologiya

•        Ortopedik stomatologiya propedevtikasi

•        Ortopedik stomatologiyaga kirish

•        протезирование при дефектах зубных рядов

•        полное съемное протезирование, методы исследования

•        пропдевт и профилактика стом заболеваний (ос),

•        введение в специальность

Kafedraning asosiy yo‘nalishlari

– Talabalarga ortopedik stomatologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish

– Zamonaviy protez tayyorlash texnologiyalarini joriy etish

– Diagnostik tadqiqotlar va stomatologik apparatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish

– Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va innovatsion usullarni joriy etish

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

– Ds Kafedra mudiri Professor: Salimov Odilhon Rustamovich

– PhD Dotsent: Alieva Nazokat Murodjonovna

– PhD Dotsent Kamilov J.A.

– PhD katta oqituvchi Axmedov M R.

Assistentlar:

1.     Meliqo’ziyev T.Sh

2.     Maxumod M.

3.     Abdulahatov J. Q.

4.     Karimova S. A.

5.     Usmanova X. T.

6.     Alimov O.

7.     Bobojonova Sh.X.

8.     Abdiova K.R.

9.     Rafikov K. M.

10. Ochilova M. U.

11. Jalilova F. R.

12. Yigitaliev Sh. O.

13. Oxunov B.М

14. Xodjaeva I. F.

15. Tursunboyeva I.F

16. Tolipova M. A.

17. Muhamedjanova Z. M.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra zamonaviy ortopedik stomatologiyaning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Yangi protez materiallarini sinovdan o‘tkazish, innovatsion protez modellarini ishlab chiqish va klinik tadqiqotlarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib boriladi

Hamkorlik va xalqaro aloqala

Kafedra respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy va amaliy stomatologiya markazlari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, xorijiy universitetlar va ilmiy tadqiqot institutlari bilan tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratadi