Biz haqimizda

JARROXLIK STOMATOLOGIYA VA DENTAL IMPLANTOLOGIYA KAFEDRASI

Kafedra tarkibi: 2014 yilda kafedra tarkibi 8 kishidan iborat bo’lgan: Kafedra mudiri – Qudratov Sh.Sh., dotsentlar: Murtazayev S.M., Sodiqova X.K., Yarmuxamedov B.T.assistentlar: Shokirov Sh.T., Normaxmatov B.M., Dustmuxamedov D.M., laborant: Nazarov Z.Z.

1993-1998 yy.-Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti talbasi

1998-2000 yy.-Birinchi Toshkent davlat tibbiyot insituti «Jarroxlik stomatologiya»kafedrasi klinik ordinatori

2000-2001 yy.-Birinchi Toshkent davlat tibbiyot insituti «Jarroxlik stomatologiya» kafedrasi katta laboranti

2001-2004 yy.-Birinchi Toshkent davlat tibbiyot insituti «Jarroxlik stomatologiya»kafedrasi aspiranti

2004-2005 yy.-Birinchi Toshkent davlat tibbiyot insituti «Jarroxlik stomatologiya»kafedrasi assistenti

2007 y nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.

2005-2014 yy.-Toshkent tibbiyot akademiyasi «Jarroxlik stomatologiya»kafedrasi assistenti

2014-2014 yy.-Toshkent tibbiyot akademiyasi «Jarroxlik stomatologiya»kafedrasi katta o’kituvchisi

2014 y.-2018 yy. -Toshkent davlat stomatologiya insititutining ”Xirurgik stomatologiya va dental implantologiya” kafedrasi mudiri

2018 yilda kafedra mudiri Qudratov Sh.Sh boshqa ishga,  Toshkent davlat stomatologiya insititutining Malaka oshirish kafedrasi xirurgik stomatologiya yo’nalishi mudiriligiga o’tganligi sababli kafedra mudiri etib t.f.n., Xasanov Shuxrat Maxmudovich tayinlandi.

1987-1992 yy. – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi

1992-1994 yy. – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar yuz jag’ – jarroxlik stomatologiya  kafedrasining klinik ordinatori

1994-1997 yy. – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar yuz jag’ – jarroxlik stomatologiya   kafedrasining aspiranti

1997-2000 yy. – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar yuz- jag jaroxlik  stomatologiya    bo’limi shifokor ordinator

2000-2005 yy. – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar yuz jag jarroxlik stomatologiyasi bo’limida bo’lim mudiri

2005-2015 yy. – Toshkent tibbiyot akademiyasi 3- klinikasi bolalar yuz – jag’ jarroxlik stomatologiyasi bo’lim mudiri

2015 -2016yy. – Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi bolalar yuz-jag’ jarroxlik bo’limi    shifokori

2015- 2017yy. – Toshkent davlat stomatologiya instituti stomatologiya va yuz-jag’ jarroxligi ilmiy-amaliy markazi malaka oshirish va qayta tayyorlash bo’limi katta ilmiy xodimi

2017-2018yy. –  Toshkent davlat stomatologiya instituti stomatologiya va yuz-jag’ jarroxligi ilmiy-amaliy markazi direktor muovini

2018- 2022yy. – Toshkent davlat stomatologiya instituti xirurgik stomatologiya va dental implantologiya   kafedra mudiri

2022 yilda Xasanov Sh.M. Bolalar jarroxlik stomatologiya kafedrasi dotsenti sifatida ish faoliyatini davom ettirmoqda.

1996-2002  yy. – Toshkent davlat tibbiyet instituti talabasi

2002- 2004 yy. – Toshkent davlat tibbiyet instituti xirurgik stomatologiya mutaxassisligi bo’yicha    klinik ordinatura

2004-2007 yy.   – Toshkent davlat tibbiyet instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi aspiranti.

2007 y nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.

2019-y  2021.       -Toshkent davlat stomatologiya instituti xirurgik stomatologiya va dental implantologiya            kafedrasi assistenti

2021-y  2022 y.       -Toshkent davlat stomatologiya instituti xirurgik stomatologiya va dental implantologiya                               kafedrasi  dotsenti

2022 y doktorlik dissertatsiyasini (DSc)  ximoya kilgan.

2022 y. x.v.      -Toshkent davlat stomatologiya instituti xirurgik stomatologiya va dental implantologiya        kafedrasi  mudiri. A.M. Azimov boshchiligida  1 ta (DSc) doktorlik va 1 ta tayanch doktorant (PhD) ximoya qildi. 5ta magistr  10 dan ortik klinik ordinatorlarga raxbarlik qildi .3 ta darslik, 1ta o’quv qo’llanma 2 ta monografiya, 60 dan ortiq maqola va tezislar chop etdi.

Kafedra professori: Suvonov Qayim Jaxonovich 1988 yili Toshkent davlat                                                                                

tibbiyot instituti stomatologiya fakultetini tamomlab shu institut klinikasi bolalar xirurgik stomatologiya poliklinikasida  internatura, va klinik-stajer bo’lgan.

1990-1995 yillarda Respublika bolalar yuz-jag’ sohasi patologiyalari markaz mudiri, 1995-1997 yillarda ToshDavMi 2-klinikasi bolalar

jarroxligi va ortodontiya poliklinikasida direktor muovini lavozimlarida ishlagan.

1997-2003 yillarda Kibray tumani stomatologiya poliklinikasida xirurg-stomatolog, 2003 – 2007 yillarda ToshDavMi 3-klinikasi qabul bo’limida navbatchi xirurg-stomatolog bo’lib ishlagan.

2007-2014 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar jxirurgik stomatologiya kafedrasida assistent bo’lib ishlab 2009 yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.

2015 yili O’zbekiston Respublikasi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tekshirish institutida doktoranturasiga kirib 2018 yili doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Q.J. Suvonov boshchiligida  1 ta (DSc) doktorlik va 1 ta falsafa doktori (PhD) ximoya qilish arafasida. 8 ta magistr  15 dan ortik klinik ordinatorlarga raxbarlik qilgan.

Q.J. Suvonov 3 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma 9 ta monografiya, 7 ta o’quv-uslubiy qo’llanma va 100 dan ortiq maqola va tezislar avtoridir.

Kafedra dotsentlari:

Sadikova Xurshida Qobilovna 1953-yil 5 yanvarda Toshkent shahrida tugilgan. Maktabni oltin medal bilan tamomlab, 1970 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga o’qishga kirgan. Institutni 1975 yilda tugatgandan so’ng topshirig’iga ko’ra u kasalxonaning terapevtik stomatologiya bo’limiga katta laborant sifatida qoldirildi.

1976 yildan 1977 yilgacha Gospital terapevtik stomatologiya klinikasida ordinator bulib ish yuritgan, 1977 yildan 1980 yilgacha Bolalar stomatologiyasi klinikasi shifokori.

1980 yildan jarrohlik stomatologiya kafedrasi assistenti lavozimida    ilmiy va amaliy faoliyatini davom ettirdi.

X.K.Sadikova fakultet va universitetning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi.

1982 yildan 1992 yilgacha Stomatologiya fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi, kasaba uyushma qo’mitasi a’zosi bo’lgan.

1991 yilda Moskva shahrida professor E.U. Maxkamov (Toshkent) va V.V. Panikarovskiy (Moskva) ning ilmiy rahbarligida “Yuz-jag soxasi neyrofibromatozining klinikasi, davolash va morfologik tavsifi” mavzusida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1992 yilda 1-Toshkent Davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi dotsenti lavozimiga saylangan.

Dotsent X. Q. Sadikova jarrohlik stomatologiyasining ilmiy, amaliy va o’quv muammolariga bagishlangan 150 dan ortiq nashr etilgan ishlar muallifi bo’lib, ulardan 12 tasi xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan. Tibbiyot oliy o’quv yurtlarining stomatologiya fakulteti talabalari uchun jarrohlik stomatologiyasi bo’yicha 3 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma va 10 dan ortiq o’quv qo’llanmalar muallifi.

Xurshida Qobilovna ilmiy-pedagogik faoliyatini ijtimoiy ish bilan uygunlashtirib kelmoqda. Uzoq yillar, 12 yildan ortiq stomatologiya fakultetining “Ma’naviyat va madaniyat” bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlab, yoshlar tarbiyasiga katta hissa qo’shdi.

Ko’p yillik samarali mehnati va tashkilotchilik qobiliyati uchun dotsent X.K. Sadiqova institut, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklarining ko’plab diplomlari bilan taqdirlangan. 2019 yil “Yilning eng yaxshi dotsenti” unvoni bilan taqdirlandi va faxriy 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Dotsent X.K. Sadiqova “Adolat” SDP faol aʼzosi edi.

1997 yilda Xalqaro stomatologlar kongressida (Turkiya, Antaliya), 1999 yil Implantologlar kongressida (Koreya, Seul 2016), Implantologlar

kongressida (Tailand, Bangkok 2017) (Portugaliya, Lissabon 2018) ishtirok etdi. «Med Union» tibbiy ilmiy-amaliy jurnali tahririyati a’zosi.

Dotsent X.Q. Sadikova O’zbekiston stomatologlari kongressida va xalqaro stomatologiya konferentsiyalarida faol ishtirok etadi

Ko’plab konferentsiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashgan. Uzoq yillar stomatologiya fakulteti muammoli komissiyasi kotibi lavozimida ishladi.

Yuqori malakali mutaxassis, oliy toifali shifokor X.Q. Sadikova yuksak kamtarinligi, o’ta insof va sezgirligi, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadi.

30 yildan ortiq Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi xirurgik stomatologiya klinikasida o’quv va tibbiy ishlarga mas’ul bo’lib ishladi. Uning ilmiy rahbarligida 37 dan ortiq magestirlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

2025 yilda amaliy, ilmiy, pedagogik va ijtimoiy faoliyatning 50 yilligi nishonlanadi.