Xabilov Nigman Lukmanovich  

Xabilov Nigman Lukmanovich  Tibbiyot fanlari doktori, professor

Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi mudiri

Xabilov Nigman Lukmanovich 1968 yil 1 mayda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. O‘rta ma’lumotni 29-ixtisoslashtirilgan maktabda olgan. 1986-1988-yillarda Vengriyada Sovet armiyasi safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. 1992 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlab, 1992-1994 yillarda shu institutning ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi qoshidagi klinik ordinaturada tahsil olgan. 1998-yilda professor Zufarov S.A. rahbarligida «Tish qatori kiritilgan nuqsonlarida ko‘priksimon protezlarning turli konstruksiyalari samaradorligini baholash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004-yilda professor Irsaliyev X.I. rahbarligida «Tish va tish qatorlarini tiklashda biositalni qo‘llashni klinik-eksperimental asoslash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.