Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-sonli qarori bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkil etilganidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrа xodimlari tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari va klinik ordinatorlariga «To’liq olib qo’yiladigan tishlar bilan protezlash», «Parodontologiya(GOS)» fanlari bo‘yicha ta’lim berib kelinmoqda. Universitet iqtidorli talabalari bilan birgalikda «Ortoped Stomatolog» va «Parodontolog» to‘garaklarida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda doimiy ravishda e’lon qilinib kelinmoqda.
