
Xabilov Davron Nigmon ugli- Toshkent Davlat tibbiyot universiteti gospital ortipedik stomatologiyasi kafedrasi mudiri
Xabilov D.N. 1994 yil 3 noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U ilk ta’limini 249-maktabda boshlagan, keyinchalik «Tursunhudjayeva nomidagi » kollejida o‘qib, o‘quv davrida ingliz tili fan olimpiadalarida qatnashgan.
Uning maktab yillari nafaqat o‘qishdagi tirishqoqlik, balki uning ko‘p qirrali shaxsiyatini shakllantirgan qiziqishlar rangorangligi bilan ham ajralib turardi. O‘rta maktabda u ingiliz tili fani bo‘yicha olimpiadalarida qatnashgan. Ilmiy va ijodiy izlanishlar bilan bir qatorda Xabilov D.N. sportga ham qiziqish bildirgan. Xabilov D.N..ga kasb tanlash masalasida oilasi unga katta ko’mak ko’rsatdi.Ota-onasinig maslahatlari,o’zining tibbiyotga bo’lgan mehrini uyg’otdi va natijada stomatologiya kasbini tanladi. Maktab yillarida ham u tibbiyotga qiziqishini payqay boshladi. Stomatolog bo‘lish haqidagi bolalik va sodda tuyulgan orzusi uning umr yo‘lida “yo‘l haritasiga” aylandi. 2010-yilda « Tursunhudjayeva nomidagi » kolledjiga o‘qishga qabul qilindi.
