
Tashpulatova Kamilla Maratovna
Tibbiyot fanlar nomzodi 12.09.2020-yildan boshlab kafedra assistenti
5-kurs talabalariga parodontologiya va to‘liq yechiladigan protezlashdan dars beradi. Institutning ilmiy, jamoat va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Dissertatsiya «Matematik modellashtirish usullaridan foydalangan holda tish implantlarida olinmaydigan protezlarning samaradorligini prognozlash» mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 13 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 3 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan
