
Rixsiyeva Dildora Ulug’bek qizi— stomatologiya sohasida PhD. 2023 yilda «Laktatsiya davridagi ayollarda tish qattiq to‘qimalarning xolatini baholash va stomatologik davolashni takomillashtirish» mavzusida dissertatsiya himoya qilgan.
2021–2023 yillarda ortopedik stomatologiya propedevtikasi kafedrasida faoliyat yuritgan. 2024 yildan hozirga qadar gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. 2025 yildan boshlab ham shu lavozimda faoliyat olib bormoqda va stomatologiya yo‘nalishi magistraturasi 2-kurs talabalariga dars beradi. Ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ortopedik konstruktsiyalarni o‘rganish, murakkab ortopedik davolash usullarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek stomatologik yordamni takomillashtirishdan iborat. Hozirda ilmiy maqolalarni faol nashr etmoqda va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda
