Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi tomonidan xar yili o‘quv, o‘quv-uslubiy, tashkiliy uslubiy, davolash, ma’naviyat-ma’rifat va tarbiyaviy ishlari reja asosida bajarilib kelinmoqda. Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimlari tomonidan 7 ta darslik, 20 ta monografiya, 40 dan ortiq o‘quv uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, 400 dan ortiq bosma maqolalar, 15 ta elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar yaratilgan.