
Safarov Murod Toshpulatovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
1998-yilda “Yengillashtirilgan elementlarga ega konsol protezlarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2021-yilda esa “Dental implantatlar yordamida protezlashning turli usullari samaradorligini klinik-patogenetik asoslash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi paytda uning ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishi — dental implantatlar yordamida protezlashning turli usullarining samaradorligini klinik-patogenetik jihatdan asoslash, shuningdek, yengillashtirilgan elementlarga ega konsol protezlarning konstruktiv xususiyatlarini ishlab chiqish va ularning funksional hamda klinik samaradorligini baholashga qaratilgan.
