Xabilov Behzod Nigmon o‘g‘li

Xabilov Behzod Nigmon o‘g‘li

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, dosent

Xabilov Behzod Nigmon o‘g‘li 1993-yil 25-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2012-yilda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutiga o‘qishga kirib, 2016-yilda uni tamomlagan.

2016–2018-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutining “Ortopedik stomatologiya va ortodontiya” kafedrasi magistranti bo‘lgan. 2018–2020-yillarda ushbu institutning “Ortopedik stomatologiya va ortodontiya” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2020–2022-yillarda Bolalar stomatologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimini egallagan. 2020–2025-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutining “Fakultet ortopedik stomatologiyasi” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan. 2023–2025-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Institutining Stomatologiya va Jarrohlik stomatologiyasi ilmiy-amaliy markazi direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2025-yildan hozirgi kungacha “Fakultet ortopedik stomatologiyasi” kafedrasida dotsent va o‘quv jarayoni mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2020-yilda professor Akbarov A.N. rahbarligida “Jag‘-yuz suyaklarining bo‘shliqli nuqsonlarini tiklash uchun pastasimon kompozitdan foydalanishning klinik-eksperimental asoslari va ishlab chiqilishi” mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini himoya qilgan.

2022-yilda professor Akbarov rahbarligida “Mahalliy osteoplastik materialdan foydalanilgan holda jag‘ suyaklarining bo‘shliqli nuqsonlarini osteoplastika qilish (klinik-eksperimental tadqiqot)” mavzusida tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiyani himoya qilgan.

Bugungi kunda hammualliflikda 2 ta darslik, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 20 ta ilmiy ish chop etilgan bo‘lib, ularning 16 tasi jurnallarda, jumladan 12 tasi respublika, 3 tasi xorijiy ilmiy nashrlarda nashr etilgan.

Mashg‘ulotlar davomida Xabilov Behzod Nigmon o‘g‘li interfaol o‘qitish metodlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanadi. O‘qituvchi va olim sifatida u o‘ziga ham, boshqalarga ham yuqori talabchanlik bilan yondashadi. Hamkasblari va talabalar uni chuqur hurmat qilishadi.