
Usmonxo’jaeva Diyora Ravshanovna
Tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi dosenti
Usmonxo’jaeva Diyora Ravshanovna 1993 yil 6 martda tug’ilgan2011-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga o‘qishga kirgan. 2016–2018-yillarda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti huzuridagi “Ortopedik stomatologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan.
2021-yil sentabr oyidan boshlab Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritadi. Shu yildan boshlab ushbu kafedraning tayanch doktoranti hisoblanadi.
2024-yilda Akbarov A.N. rahbarligida “COVID-19 o‘tkazgan 2-tip qandli diabetli bemorlarga ortopedik stomatologik yordamni takomillashtirish” mavzusida, 14.00.21 – Stomatologiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Usmonxo‘jaeva D.R. xorijiy va mahalliy nashrlarda chop etilgan 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuningdek bir nechta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. Xalqaro ilmiy konferensiyalarda bir necha bor ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.
Pedagogik faoliyatida zamonaviy interaktiv o‘qitish usullari vа innovatsion pedagogic texnologiyalarni samarali qo‘llaydi. Uning talabchanligi, prinsipialligi vа ishiga sadoqati uni talabalar vа hamkasblar orasida hurmatga sazovor pedagog sifatida tanitdi
