Tulyaganov Jamshid Shavkatovich

Tulyaganov Jamshid Shavkatovich

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi tibbiyot fanlari nomzodi, dosent

Tulyaganov Jamshid Shavkatovich 1986 yil 16 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda o‘qishga kirib, 2009 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.2009–2011 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Ortopedik stomatologiya va ortodontiya” kafedrasi magistri bo‘lgan.

2014–2022 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Ortopedik stomatologiya va ortodontiya” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2022–2024 yillarda Toshkent davlat stomatologiya institutining “Fakultet ortopedik stomatologiyasi” kafedrasida dotsent lavozimini egallagan.2024–2025 yillarda Toshkent davlat stomatologiya institutining Klinika ordinaturasi bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2025 yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat tibbiyot universitetining Magistratura va Klinika ordinaturasi bo‘limining yetakchi xodimi hisoblanadi.

2021 yilda professor Akbarov A.N. rahbarligida “Mahalliy biomaterial – Bioaktiv shisha implantatsiyasidan keyingi ortopedik konstruksiyalar bilan protezlashni optimallashtirish” mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.

Bugungi kunda hammualliflikda 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy tavsiya, 20 ta ilmiy ish chop etilgan bo‘lib, ulardan 16 tasi jurnal maqolalaridir. Shulardan 12 tasi respublika, 3 tasi xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan.

Mashg‘ulotlar davomida Tulyaganov J.Sh. interaktiv o‘qitish shakllari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanadi. O‘qituvchi va olim sifatida u o‘ziga ham, boshqalarga ham yuqori talabchanlik bilan yondashadi. Hamkasblari va talabalar uni chuqur hurmat qilishadi.