
Irsalieva Feruza Xusnitdinovna
Toshkent davlat tibbiyot universitet Fakul’tet ortopedik stomatologiya kafedrasi dosenti, tibbiyot fanlar nomzodi.
Irsalieva Feruza Xusnitdinovna 26 mart 1984 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 2001-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga o’qishga kirgan.2001 2006-yillarda
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Stomatologiya ishi bakalavr yo’nalishi bo’yicha tahsil olgan. 2006-2008 – yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi magistranti, 2009-2011-yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ortopedik stomatologiya kafedrasining aspiranti. 2011-2014-yillar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi assistenti. 2014-2022 – yillar Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti fakul’tet ortopedik stomatologiya kafedrasi assistenti, 2018- yildan – «IDEAL PROF PLUS» MChJ «iXmed klinikasi» da shifokor stomatolog hamda 2022- yildan Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti fakul’tet ortopedik stomatologiya kafedrasi dosenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
