
Irsaliev Xusnitdin Ibragimovich
Tibbiyot fanlar doktori Toshkent davlat tibbiyot universiteti Fakultet ortopedik stomatologiya kafedrasi professori
Irsaliev Xusnitdin Ibragimovich 3 iyul 1948 yil Chimkent shahrida tug’ilgan. 1966 – yilda Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutiga o’qishga kirgan. 1966-1971 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti 1971-1976 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti gistologiya kafedrasi biofizik laboratoriyasi katta laboranti, 1976-1981 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti gistologiya kafedrasi assistenti, 1981-1983 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti kasaba uyushmasi rais o‘rinbosari, 1983-1983 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti ortopedik stomatologiya poliklinikasida vrach ortoped stomatolog shifokori, 1983-1994 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi assistenti, 1994-2002 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi professori, 2002-2012 – yillar Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mudiri, 2012-2014 – yillar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi professori, 2014 yildan Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti fakul’tet ortolpedik stomatologiya kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Irsaliev Xusnitdin Ibragimovich O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Pier Foshar Akademiyasi Doktor Husniddin Irsaliyev tegishli malakaga ega bo‘lgan holda ushbu Xalqaro Faxriy Stomatologiya Tashkilotining A’zosi etib saylandi. Ushbu holatni tasdiqlash maqsadida mazkur sertifikat 2024-yil 20-may kuni imzolangan va topshirilgan.
Irsaliev X.I. rahbarligida 15 nafar PhD, 10 nafar DSc himoya qilgan, 20 nafar magistr va qariyb 50 nafar klinik ordinatorlar bitirgan.
