JAMOAT SALOMATLIGI, SOG‘LIQNI SAQLASH MЕNЕJMЕNTI VA JISMONIY TARBIYA KAFЕDRASI
1923 yilda tashkil etilgan 1923–1924 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor, G.I. Dembo boshqargan. Inqilobgacha bo‘lgan davrda jamoat tibbiyoti sohasida mashhur namoyanda. Moskva universitetini tamomlagan. 1910 yilda Pirogov s’ezdida ishtirok etgan, «Shifokorlar gazetasi»ning muharriri. 300 dan ortiq ilmiy ishlar ning muallifi. 1924–1930 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor, G.P. Fyodo-rov boshqargan. Mashhur olim, Turkiston va O‘zSSR sog‘liqni saqlash tashkilotchisi. Ishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 150 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi. 1930–1933 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor, S.M. Sub botin boshqargan. 1914 yilda Bazel universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. Gigiyenist, Fuqarolar urushi ishtirokchi si. 1938 yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoni berilgan. 1933–1937 yy. – qo‘shimcha ravishda fiziologiya, patologiya va mehnat gigiyenasi kafedrasi mudiri. Shahar ken gashi sog‘liqni saqlash seksiyasi byuro sining a’zosi; O‘zSSR Konstitutsiyasi bo‘yicha tahrir hay’ati a’zosi. 1938–1948 yy. – ToshDavTI bolalar va o‘smirlar gi giyenasi kafedrasining mudiri. 1934–1948 yillarda kafedrani tibbi yot fanlari nomzodi, dots.nt A.Ya. Karasev (1897–1987) boshqargan. Omsk tibbiyot in stitutini tamomlagan, tibbiyotning nazariyasi va tarixi bo‘yicha 35 ta ishning mu allifi. 1949–1951 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, professor, S.R. Dix tyar (1894–1981) boshqardi. Moskva uni versitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan, ToshDavTI Sanitariyagigiyena fakultetining dekani. 40 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi. 1952–1956 va 1963–1969 yillarda ka fedrani tibbiyot fanlari nomzodi, dots.nt A.B. Shevelev (1894–1976) boshqargan. Saratov universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan, 120 ta ilmiy ishning muallifi. 1957–1963 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, dots.nt S.G. Ostrov skaya (1886–1978) boshqargan. Leningrad tibbiyot institutini tamomlagan, 13 ta dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 1969–1991 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor B.X. Mag zumov (1917–1999) boshqargan. 1941 yil da Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1959 yilda nomzodlik, 1967 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ijtimoiy gigiyena va Sog‘liqni saqlashni tashkil etish sohasida juda mohir mutaxassis bo‘lib, 1962 1966 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston ijtimoiy gigi yenistlari jamiyatining raisi bo‘lib ishlagan. B.X. Magzumov rahbarligida 26 ta fan nomzodi va beshta fan doktorlari tay yorlangan. B.X. Magzumov 120 tadan ortiq ilmiy maqolalar, ikkita monografiyaning muallifi, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan vrach, mehnat faxriysi, uch marta «Hurmat belgisi», Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissalari uchun besh ta medal va O‘zbekiston hukumatining ikkita Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. 1990 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti negizida Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari tashkil etildi. 1991–2005 yy. I ToshDavTI va 2005–2009 yy. TTA kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor A.S. Babadjanov (1951–2011) boshqargan. 1974 yilda ToshDavTIni tamomlagan. 1978 yilda nomzodlik, 1988 yilda doktorlik disser tatsiyasini himoya qilgan. 1991–2005 yy. I ToshDavTI Ijtimoiy gigiyena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish kafedra sining mudiri va ilmiy kotib lavozim larida ishladi. Ikkita institut negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilgandan so‘ng, 2005 yilning sentyabr oyidan boshlab Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat yuritdi. 150 tadan ortiq ilmiy ishlarning muallifi. Uning rahbarligida ikkita doktorlik va 18 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlangan.



Kafedra jamoasi. 1986 y.
2014-2015 yillarda: I ToshDavTI kafedrasini tibbiyot fanlari doktori, professor B.E. To‘xtarov boshqargan.
2015-2017 yillarda: kafedrani tibbiyot fanlari kandidanti dots.nt D.J. Buranova boshqargan.
2018-2019 yillarda: kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor B.E.To‘xtarov boshqargan.
2019-2024 yillarda: kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi K.Ch.Nurmamatova boshqargan.
2024-yil oktyabr oyidan kafedrani t.f.d. Musayev Ulug‘bek Yuldashevich boshqarmoqda.
