Bolalar jarroxlik stomatologiya kafedrasini tarixi bolalar stomatologiya kafedrasi bilan uzviy bogliq. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi 1976 yil iyun oyida ToshDavMI rektori buyrugiga asosan tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimiga ilmiy kengash qaroriga kura dotsent E.U.Maxkamov tayinlangan. Kafedrada uch fan – bolalar terapevtik stomatologiyasi, bolalar jarroxlik stomatologiyasi va bolalarda protezlash va ortodontiya fanlarini ukitish kuzda tutilgan edi. Bolalar jarroxlik stomatologiyasi bo‘yicha o‘quv ishlari dos. E.U.Maxkamov, bolalarda protezlash va ortodontiya fani bo‘yicha t.f.n. V.F.Nazarova, bolalar terapevtik stomatologiyasi esa M.X.Tashxodjaevalar zimmasiga yuklatildi. Kafedra o‘z faoliyatini 1976 yilning 1-sentabrida boshladi. Birinchi o‘quv yili kafedraning o‘z muqim joyi bo‘lmagan. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi uchun xirurgik, terapevtik va ortopedik stomatologiya kafedralari o‘z yunalishlari bo‘yicha xonalar ajratgan.
Kafedra uz faoliyatini boshlagan davrda safida dos. E.U.Maxkamov, t.f.n. V.F.Nazarova, assistentlar: Minisaev D.A., Azimov M.I., Tashxodjaeva M.X., Ganixanova S.F., Murtazaev S.M., Adujalalova D.A., bo‘lib, o‘quv yilining ikkinchi yarmida t.f.n. Peterburg T.N. xam jamoaga qo‘shilgan.
O‘quv yilining oxirida jarroxlik stomatologiyasi kafedra va klinikasi kapital ta’mirdan chiqarilgan, avvalgi nevrologiya bo‘limi o‘rniga ko‘chib o‘tgan (u bino buzilib ketdi). Bo‘shagan binoga bolalar jarroxdik stomatologiyasi bo‘limi ochildi. Ushbu bo‘lim bolalar stomatologiya kafedrasining asosiy bazasi bo‘lib, xozirgi kungacha faoliyat yuritmoqda.
1978 yil kafedra mudiri dos. E.U.Maxkamov Moskva shaxri Markaziy stomatologiya institutiga doktoranturaga yuborilganliklari sababli kafedra mudiri lavozimiga ilmiy kengash tomonidan prof.G.P.Iannidis o‘tkazilgan. Prof. G.P.Iannidis bu davrgacha Gospital jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri bo‘lganligi bois, bu kafedra tugatilib, xodimlar bolalar stomatologiyasi kafedrasiga o‘tkaziladi. 1978-1979 o‘quv yilida kafedraga birinchi va ikkinchi davolash xamda sanitariya gigiena fakultetlari talabalariga «stomatologiya» fanini uqitish topshiriladi. Shu sababli xirurg stomatologlar safiga dos. A.A.Samedinov, ass.A.Ye.Kim, ass.S.X.Yusupov, ass.A.T.Abduxakimovlar ko‘shiladilar.
Professor G.P.Iannidis 1978-1984 yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qiladilar. 1981 yil dos. E.U.Maxkamov doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, kafedra jamoasiga professor lavozimida qo‘shiladilar. Ular boshchiligida kafedrada o‘quv uslubiy ishlar yo‘lga qo‘yiladi – barcha fanlardan uslubiy qo‘llanmalar, albomlar, stendlar yangidan tayyorlanadi. Shu davrda A.Ye. Kim, S.X. Yusupov, M.X. Tashxodjaeva S.M. Murtazaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlaydilar.
1984 yil prof. G.P. Iannidis Gresiyaga ko‘chib ketganidan so‘ng, prof.E.U.Maxkamov kafedra mudiri lavozimiga o‘tadilar. 1986 yil jarroxlik stomatologiya kafedrasi mudiri, prof. M.N.Mazalova oilasi bilan Moskva shaxriga ko‘chib ketadi. Shu davrda bu kafedrada 3,4,5 kurslarning 1200-1300 talabasi o‘qir edi. Rektorat 30 ga yaqin pedagoglari bo‘lgan shu katta kollektiv(kafedra)ga raxbarlik qilish uchun prof. E.U.Maxkamovni tavsiya etadi. Prof. E.U.Maxkamov bilan birga dos. M.I.Azimov, dos. A.A.Samedinov, ass . D.A.Minisaev ass.X.K.Sodiqovalar ham jarroxdik stomatologiyasi kafedrasiga o‘tadilar. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri lavozimiga (1986y.) Ilmiy Kengash t.f.d., prof. T.X.Safarovni o‘tkazadi.
Kafedraga prof. T.X.Safarov rahbarlik qilgan davrlarda (1986-1993 yillar) bolalar jarroxlik stomatologiyasi fani bo‘yicha darslarni dos. A.K.Arifjanov, t.f.n.A.Ye.Kim, ass. Pimenova, ass. Gafurov I.G. ass.Sabgi Mogamedovich Sagdiev, ass. A.D.Dadamov; bolalar terapevtik stomatologiyasi fani bo‘yicha: dos. X.I.Saidakbarova, t.f.n. Tashxodjaeva M.X. Soloxo A.N., Arifjanova X.A., Niyazova T.M., Azizov Sh.S., Ganixanova S.F., Muslimova M.I., Xalilov I.X. 1989 yildan Maxsumova S.S, Misharova N.I, Xolmenova A.S.; Ortodontiya fani bo‘yicha: dos. V.F.Nazarova, dos. S.M.Murtazaev, ass. Akromov F., Alimjonov X., Alimuxamedova S., Shomuxamedova F.A., Suleymanova D.A., Nizamov 3.lar olib borganlar.
Prof. T.X. Safarov mudirlik qilgan davrida kafedra bazalarini kengaytirishga katta axamiyat qaratilgan.
Bolalar stomatologiyasi bo‘limi kapital ta’mirlashdan chiqarilgan. ToshMIda bolalar terapevtik stomatologiya poliklinikasi ochilgan. O‘qitilgan barcha fanlardan uslubiy qullanmalar chop etilgan. Bolalar terapevtik stamatologiyasi fani darslarining 70%ini maktablar stomatologiya kabinetlarida o‘tish tashkil qilingan. Kafedra uchun baza bo‘lgan maktablarda o‘quvchilar profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilib, to‘liq sanatsiya qilish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan bir vaqtda kafedra xodimlari tomonidan maktab o‘quvchilari orasida stomatologik kasalliklar (karies va uning asarotlari), tish va jag‘lar anomaliyalari tarqalganligi o‘rganilgan va qator maqolalar chop etilgan.
Prof. T.X.Safarov ilmiy rahbarligi ostida Yo‘ldoshxonova O.S. nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. Talabalarga Amaliy darslarni o‘tish, o‘qitish uchun zarur bo‘lgan bolalar davolash stomatologiyasi fani bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar (T.X.Safarov I.X.Xalilov. 1997yil) chop etilgan.
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi 17 yil uch yo‘nalishida o‘quv, ilmiy va amaliy faoliyatini olib bordi. Bolalar stomatologiyasini xar bir yo‘nalishini rivojlanishini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 1993 yil (fevral oyi) bahorgi semestr boshida bolalar stomatologiyasi kafedrasi uch mustaqil kafedraga bo‘lindi.
- Bolalar jarrohlik stomatologiyasi, kafedrasi (mudiri, prof. Azimov M. I.)
- Ortodontiya kafedrasi (mudiri – t.f.d.profesor Abduazimov A.D.)
- Bolalar terapevtik stomatologiyasi (mudir – dos.Zufarov O.A.)
Shu davrda stomatologiya fakultetida 2 mingdan ortik talaba o‘qir edi. Har bir fan mustaqil kafedrada o‘qitilishi lozim (davr talabi) bo‘lgan.
Bolalar jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi Birinchi ToshMI bolalar jarroxlik stomatologiyasi (23 korpus) bo‘limida joylashdi.
Kafedra jamoasi prof. Azimov M.I. (kaf.mudiri) dos. Arifjonov AD., ass. t.f.n. Kim A.Ye., t.f.n. Dadamov A.D., ass. Yakubov R.K., Bekkuzin R.R., Kurbanov Sh.Sh., aspirant Dustmuxamedova X.K.lardan iborat bo‘lgan.
1994 yil «Bolalar jarroxlik stomatologiya»si kafedrasi va «Ortodontiya» kafedralari qo‘shilib, «Bolalar jarroxlik stomatologiyasi va ortodontiya» kafedrasi nomini oldi. Yangi tuzilgan kafedra tarkibida professor M.I. Azimov, (mudir) professor A.D. Abduazimov; dotsentlar A.K. Arifjanov, V.F. Nazarova; t.f.n A.Ye. Kim, Dadamov, Murtazaev S.M, Shomuxa- medova F.A; Akramov, Nizomov; t.f.n Alimjanov, Yakubov R.K; Dusmuxamedova X.K, Kurbonov Sh.Sh, Bekkuzin R.R., asp Maxkamov M.E. lar, bo‘lgan.
O‘quv uslubiy ishlar bilan bir vaqtda, jadal ravishda ilmiy izlanishlar olib borilgan. 1994 y. ass. Yakubov R.K, aspirantlar Dusmuxamedova X.K, (1994 y.), Maxkamov M.E (1995 y.), Bekkuzin R.R. (1995 y.), Kurbonov Sh.Sh (1996) nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilganlar.
1996 y. ortodontiya fanini o‘qitilishi ortopedik stomatologiya kafedrasiga o‘tkazilgan. Bunday uzgartirish zarurati ortodontiya poliklinikasi va kafedrasi laborator ishlarini bajarishga alohida tish texnik laboratoriyasi tashkil qilib bo‘lmasligi bo‘lgan.
1995-97 yillar davomida Birinchi ToshMI talabalari safi keskin qisqardi. Bolalar jarroxlik stomatologiyasi kafedrasiga ajratilgan o‘quv soatlari kamayganligi sababli shtatlar qisqarishi natijasida, 4 birlikgacha kamaydi. Shu sababli 1997-y sentabrida Bolalar jarroxlik stomatologiyasi kafedrasi tugatilib, bu fan jarroxlik stomatologiyasi kafedrasiga kushib berildi. Jarroxlik stomatologiyasi kafedrasiga M.I Azimov professor lavozimiga, R.K. Yakubov, Bekkuzin, Maxkamov M.E. assistent lavozimiga utdilar. Shu davrda prof. E.U. Maxkamov jarroxlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri bo‘lganlar. Kurbonov Sh.Sh, Dusmuxamedova X.K,, Bekkuzin R.R kafedradan boshqa ishga o‘tganlar. Jarroxlik stomatologiyasi kafedrasi tarkibida bo‘lishiga qaramay, Bolalar jarroxlik stomatologiyasi fani Bolalar jarroxlik stomatologiyasi bulimida ukitilgan. Prof. E.U. Maxkamov tashabbuslari bilan kafedraning xar bir xodimi bolalar jarroxlik stomatologiyasi fanini ukitishga kodir bulishini ta’minlash maksadida assistentlar rotatsiyasi tashkil etildi. Dotsent Sodikova X.K, ass. Xolmatova M.A., ass. D.A Minisaev Bolalar jarroxlik stomatologiyasida amaliy mashgulotlar olib bordilar. 1999 y., prof. E.U Maxkamov 60 yoshlarida yurak xurujidan vafot etdilar. Kafedraga mudir etib M.I. Azimov tayinlandi. 1999-2005- yillar mobaynida kattalar va bolalar jarroxlik stomatologiyasi kafedrasiga prof. M.I. Azimov mudirlik kildi. Shu yillar davomida prof. M.I.Azimov kafedra saloxiyatini oshirishga, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga katta axamiyat karatdi. Ustozi E.U. Maxkamov boshlagan va uzi raxbarlik qilgan dissertatsiya ishlarini yakunladi. Jumladan nomzodlik dissertatsiyalarini Xasanov Sh.M. 2008 y., Xalmatova M.A. 1999 y., Baybekov A.I. 2000 y., Usmanov A. 2001 y., Amanullaev R.A. 2002 y., Bakiev S.A. 2002 y., Fozilov M.M. 2002Y., Shokirov Sh.T. 2002 y., Ikromov G.A. 2004 y., Murotova M.M. 2004 y., Inoyatov A.Sh. 2006 y.; Doktorlik dissertatsiyalarini Abdullaev Sh.Yu. 2000 y., Ubaydullaev M.B. 2001 y., Jilonov A.A. 2002 y., Kubaev S.E. 2002 y., Yakubov R.K. 2002 y., Maxkamov M.E. 2002 yillarda yoqladilar. 2005 yil Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot akademiiyasi tarkibiga kirdi va akademiya oldiga kuyilgan vazifalarni bajarishda o‘quv uslubiy, ilmiy ishlarni yuritish rejasini ishlab chikdi.
Yukorida keltirilganday, 1993 yil bolalar terapevtik stomatologiyasi fanini o‘qitish uchun mustakil bolalar terapevtik stomatologiyasi kafedrasi tashkil qilindi. Ilmiy Kengash kafedra mudiri etib, dos. Zufarov O.A. ni utkazdi.

2006-yil sentabrida bolalar terapevtik stomatologiyasi kafedrasi tugatilib, uning asosida bolalar stomatologiyasi kafedrasi qayta tashkil qilindi. Yangi kafedraga stomatologik kasalliklar profilaktikasi, bolalar propedevtik stomatologiyasi va bolalar gospital stomatologiyasi, bolalar jarroxlik stomatologiyasi va tibbiy pedagogika fakulteti talabalariga stomatologiya fanlarini uqitish yuklatildi. Kafedra mudiri etib, prof.Azimov M.I. saylandi. Kafedra 30 o‘rinlik statsionar (bolalar yuz jag‘ xirurgiya bulimi) va bolalar terapevtik stomatologiya poliklinikasiga ega bulib, stomatologiya fakulteti 3,4,5 kurslari va tibbiy pedagogika fakulteti 5 kursi talabalariga darslar olib borildi
O‘quv uslubiy ishlarni takomillashtirish borasida qator ishlar olib borildi. Yagona metodik tizimda uqitishni tashkil kilish uchun uslubiy qo‘llanmalar yangida ishlab chidildi. Fanlarni o‘qitish ishchi dasturlari tuzildi. Bolalar stomatologiyasi fanidan magistratura dasturi yangilandi. Bakalavriat fanlarini majmuaviy dasturlari, magistratura dasturi bilan muvofiqlashtirildi. Shu bilan bir vaqtda kafedrada ilmiy ishlarga ham e’tibor kuchaytirildi. Jumladan bolalar terapevtik stomatologiyasi yunalishida prof. Yuldashxanova O.S. rahbarligida nomzodlik dissertatsiyalarni Nurmatova N. (2007), Davlyatova A.A. (2008), Murtazaev S.S. (2009), Abdullaeva J.R., Raxmatullaeva D.U. (raxbar prof. Akilov 2010) G‘ulomov S.S. (2010) doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Jarrohlik stomatologiyasi buyicha Amanullaev R.A. (2005), Azimov Aziz (2007), Maxkamova F.T. (2008), Xodjaeva Z.A. (2010), Kamilova F. (2010), Abdukadirov A.A. (2009), Murtazaev S.M, Xasanov A.I. (2010), Shakirov Sh.T. (2011) doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarni himoya qildilar.
Stomatologiya fakultetiga talabalar qabuli qisqarganligi sababli bir necha yil davomida qator xodimlar boshqa ishlarga utib ketdilar yoki nafaqa yoshiga yetib kafedra safidan chiqdilar. 2011 yilda mudiri etib prof. M.Z. Dusmuxamedov tayinlandi.
