{"id":8,"date":"2026-01-16T07:12:49","date_gmt":"2026-01-16T07:12:49","guid":{"rendered":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/?page_id=8"},"modified":"2026-02-11T08:48:20","modified_gmt":"2026-02-11T08:48:20","slug":"kafedra-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/biz-haqimizda\/kafedra-tarixi\/","title":{"rendered":"Kafedra tarixi"},"content":{"rendered":"\n<h1 class=\"wp-block-heading\">YUZ-JAG\u2019 JARROHLIGI KAFEDRASI TARIXI<\/h1>\n\n\n\n<p>Yuz-jag\u2019 jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi kafedrasining asoschisi davolash fakul\u2019tetining birinchi dekani professor P.P. Sitkovskiy hisoblanadi. 1928 yilda professor P.P. Sitkovskiy O\u2019rta Osiyoda ilk bor Yuz-jag\u2019 jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi kafedrasini tashkil \u0435tdi. Kafedra dastlab ikki xodimdan iborat \u0435di: mudir lavozimidagi professor P.P. Sitkovskiy va assistent K.G. Mitrofanov.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"314\" height=\"473\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Sitkovskiy-Pyotr-Porfirievich.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-54\" style=\"width:253px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Sitkovskiy-Pyotr-Porfirievich.jpg 314w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Sitkovskiy-Pyotr-Porfirievich-199x300.jpg 199w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Sitkovskiy-Pyotr-Porfirievich-179x270.jpg 179w\" sizes=\"auto, (max-width: 314px) 100vw, 314px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Professor Sitkovskiy Pyotr Porfirievich (1882-1933).<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Professor Sitkovskiy Petr Porfirevich 1882 yil 12 avgustda Ryazan shahrida tug\u2019ilgan. 1908 yilda Moskva universitetining tibbiyot fakul\u2019tetini tamomlagan. Keyinchalik Aleksey Vasilevich Martinov rahbarlik qilgan gospital\u2019 jarrohlik klinikasida ordinator va assistent sifatida faoliyat yuritgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi jahon urushida Qizil Xoch lazaretida bosh shifokor vazifasini bajargan. 1916 yilda \u00abSariqlik kasalligida operasiyadan keyingi qon ketishlar\u00bb mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Dissertasiyasida qon ivish mexanizmiga oid yangi g\u2019oyalarni taklif \u0435tgan. 1917 yilda Moskva universiteti jarrohlik klinikasida privat-dosent lavozimida ish boshlagan. Shuningdek, Toshkentda O\u2019rta Osiyodagi birinchi oliy o\u2019quv Yurti \u2013 Turkiston universitetini tashkil \u0435tishda ishtirok \u0435tgan. 1920-1932 yillarda Turkiston universitetida fakul\u2019tet jarrohligi professori va tibbiyot fakul\u2019teti dekani lavozimlarida ishlagan. Sitkovskiy 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ularning aksariyati qorin bo\u2019shlig\u2019i va suyak plastik jarrohligi masalalariga bag\u2019ishlangan. U o\u2019tkir appendisitning muhim alomatini tavsiflagan (keyinchalik bu alomat jarroh sharafiga Sitkovskiy simptomi deb nomlangan). 1911 yilda ketgutni yod bug\u2019lari yordamida sterillash usulini ishlab chiqqan. Keyinchalik qonning ivuvchanligini aniqlaydigan apparat ixtiro qilgan. Bu apparat keyinchalik Boris Andrianovich Egorov tomonidan takomillashtirilgan (so\u2019ngra Sitkovskiy-Egorov apparati deb nom olgan).<\/p>\n\n\n\n<p>Sitkovskiy Moskvadagi Rus xirurglari jamiyatining kotibi sifatida faoliyat yuritgan. U \u00abRus tibbiy matbuoti yilnomasi\u00bbni tuzishda ham ishtirok \u0435tgan. 1922 yilda Sitkovskiy tashabbusi bilan chaqirilgan Turkiston shifokorlarining I qurultoyiga raislik qilgan. SHuningdek, u O\u2019rta Osiyoda birinchi bo\u2019lgan \u00abTurkiston tibbiyot jurnali\u00bb nomli tibbiy nashrga asos solgan. 1932 yilda Ryazanga ko\u2019chib o\u2019tib, o\u2019sha yili Qizil Xoch shifoxonasini tashkil \u0435tgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"308\" height=\"447\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mixail-Vladimirovich-Paradoksov.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-55\" style=\"width:261px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mixail-Vladimirovich-Paradoksov.jpg 308w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mixail-Vladimirovich-Paradoksov-207x300.jpg 207w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mixail-Vladimirovich-Paradoksov-186x270.jpg 186w\" sizes=\"auto, (max-width: 308px) 100vw, 308px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Mixail Vladimirovich Paradoksov (1892-1987)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik kafedraga Mixail Vladimirovich Paradoksov (1892-1987) rahbarlik qilgan. U stomatologiya fakul\u2019tetining birinchi dekani, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent va O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan shifokor \u0435di.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent tibbiyot instituti stomatologiya fakul\u2019tetining asoschisi 1892 yilda dunyoga kelgan. YOshligida Mixail Paradoksov aniq fanlarga qiziqib, 1917 yilda Varshava universitetining fizika-matematika fakul\u2019tetini tamomlagan. Biroq, shifokorlikka bo\u2019lgan ishtiyoqi kuchliroq bo\u2019lib chiqdi va 1923 yilda Toshkent shahridagi Turkiston davlat universitetida tibbiyot ta\u044alimini oldi. 1931 yilda unga tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi va dosent unvoni berildi. M.V. Paradoksov 6 ta fan nomzodini etishtirib chiqardi hamda stomatologiyaning turli muammolari bo\u2019yicha 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo\u2019ldi. Mixail Vladimirovich 30 yildan ziyod vaqt mobaynida jarrohlik stomatologiyasi kafedrasini boshqardi, stomatologiya fakul\u2019teti dekani, respublika bosh stomatologi va O\u2019zbekiston stomatologlar ilmiy jamiyatining asoschisi sifatida faoliyat yuritdi. 1956-1960 yillarda stomatologiya fakul\u2019teti dekanligini ham bajargan. SHu davrda kafedrada S.U. Bo\u2019rixonova, L.E. Frolova, G.P. Ioannidis, K.S. Malikov, L.N. Korolev, L.A. Aliev, Z.M. Nuritdinovalar mehnat qilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1959 yilda kafedra yangi binoga ko\u2019chirildi va bu binoda 3 ta kafedra ochildi. Kafedraga yangi xodimlar \u2013 stomatologiya fakul\u2019tetining birinchi bitiruvchilari Ishmumin Ashurovich Xudoyorov va Farida Usmonovna Ishanxo\u2019jaeva qabul qilindi. Bu davrda gingivitni davolash (L.E.Frolova), xavfsiz o\u2019smalar (N.N.Mazalova), Yuqori jag\u2019ning xavfli o\u2019smalari (G.P.Ioannidis), jag\u2019 kontrakturalari (S.U.Burixonova), jag\u2019 sinishlari (L.A.Aliev), tanglaydagi tug\u2019ma yoriqlar (Z.M.Nuritdinova) bo\u2019yicha ilmiy ishlar olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"335\" height=\"502\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Frolova-Larisa-Evgenevna.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-56\" style=\"width:260px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Frolova-Larisa-Evgenevna.jpg 335w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Frolova-Larisa-Evgenevna-200x300.jpg 200w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Frolova-Larisa-Evgenevna-180x270.jpg 180w\" sizes=\"auto, (max-width: 335px) 100vw, 335px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Professor Frolova Larisa Evgenevna (1924-2002).<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1963-1966 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor Larisa Evgenevna Frolova rahbarlik qildi. U Moskva tibbiyot stomatologiya institutini tugatgan. 1947 yilda nomzodlik, 1962 yilda \u0435sa doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. yuz-jag\u2019 sohasining turli xil shikastlanishlari va kasalliklariga bag\u2019ishlangan 100 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. 4 nafar fan nomzodini tayyorlagan. Sovet Ittifoqida tug\u2019ma lab va tanglay yorig\u2019i bo\u2019lgan bolalarga yordam ko\u2019rsatish xizmatini tashkil \u0435tgan. 1965-1966 yillarda stomatologiya fakul\u2019teti dekani bo\u2019lgan. 1968-1999 yillarda Moskva shahrida joylashgan Markaziy stomatologiya ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat yuritgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda odontogen yallig\u2019lanish jarayonlari (F.U.Ishanxo\u2019jaeva), so\u2019lak tosh kasalligi (I.A.Xudoyorov), nuqsonlarda Yumshoq to\u2019qimalar plastikasi (B.V.Kasparova, A.A.Samedinov) mavzularida ilmiy tadqiqotlar o\u2019tkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"346\" height=\"478\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mazalova-Nadejda-Nikitichna.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-57\" style=\"width:274px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mazalova-Nadejda-Nikitichna.jpg 346w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mazalova-Nadejda-Nikitichna-217x300.jpg 217w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mazalova-Nadejda-Nikitichna-195x270.jpg 195w\" sizes=\"auto, (max-width: 346px) 100vw, 346px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Professor Mazalova Nadejda Nikitichna (1921-2012)<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p>1977 yildan 1985 yilgacha kafedrani professor Mazalova Nadejda Nikitichna boshqargan. U Moskva tibbiyot-stomatologiya institutini tugatgan, nomzodlik dissertasiyasini 1960 yilda, doktorlik dissertasiyasini \u0435sa 1974 yilda himoya qilgan. Jag\u2019lardagi xavfsiz o\u2019smalarni tashxislash bo\u2019yicha 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda kafedrada G.P. Ioannidis, F.U. Ishanxo\u2019jaeva, S.U. Burixonovalar faoliyat Yuritgan.SHuningdek, F.D. Jumaniyozov, A.A. Samedinov, T.A. Bogoroditskaya, L.A. Aliev, L.N. Korolyov, Z.M. Nuritdinova, V.V. Belenkaya, B.V. Kasparova, V.M. Markov, E.G. Bobileva, V.A. Eryomin, I.A. Kolotilova, T.G. Mejlumova, A.A. Semenixin, L.R. Episheva, M.YU. Mirzamahmudovlar ham ishlaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"350\" height=\"464\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Georgios-Petros-Ioannidis.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-58\" style=\"aspect-ratio:0.754314578363968;width:269px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Georgios-Petros-Ioannidis.jpg 350w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Georgios-Petros-Ioannidis-226x300.jpg 226w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Georgios-Petros-Ioannidis-204x270.jpg 204w\" sizes=\"auto, (max-width: 350px) 100vw, 350px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Professor Georgios Petros Ioannidis (1923-1986)<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p>1974 yilda talabalar soni oshganligi sababli, ikkinchi kafedra tashkil \u0435tildi. Unga fan doktori, professor, Gresiyada nemis bosqinchilariga qarshi kurash harakatining ishtirokchisi bo\u2019lgan Georgios Petros Ioannidis (1923-1985) rahbarlik qilgan. U sovet va Yunon millatiga mansub shifokor, Yuz-jag\u2019 va plastik jarrohlik sohasidagi stomatolog, Toshkent tibbiyot instituti professori \u0435di. 1923 yil 6 sentyabrda RSFSR ning Stavropol shahrida tug\u2019ilgan. 1942 yilda Salonikadagi Aristotel universitetining tibbiyot fakul\u2019tetiga o\u2019qishga kirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1942 yildan boshlab Gresiya Kommunistik partiyasi a\u044azosi sifatida Gresiya Milliy ozodlik fronti saflarida fashistlar bosqiniga qarshi kurashda ishtirok \u0435tgan. 1949 yil sentyabr\u2019 oyida G.Ioannidis SSSRning Toshkent shahriga muhojir bo\u2019lib keldi. 1954 yilda G.Ioannidis Toshkent tibbiyot institutini tugatdi. 1961 yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 1970 yilda tibbiyot fanlari doktori, 1971 yilda \u0435sa professor unvonini oldi. 1974 yildan 1977 yilgacha gospital\u2019 jarrohlik stomatologiyasi kafedrasiga, 1978 yildan 1984 yilgacha \u0435sa Toshkent tibbiyot institutining bolalar Yuz-jag\u2019 jarrohligi kafedrasiga mudirlik qildi. Yuz-jag\u2019 sohasidagi o\u2019smalar, yallig\u2019lanish jarayonlari va jarohatlarni tashxislash hamda davolash bo\u2019yicha taqdimotlar va innovasion takliflar bilan 80 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. 1984 yil dekabrda Gresiyaga qaytib ketdi. 1986 yil 20 martda Afinada vafot \u0435tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Mahkamov-%D0%95rgash-Ubaydullaevich.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-59\" style=\"width:299px;height:auto\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Professor Mahkamov \u0415rgash Ubaydullaevich<\/strong>&nbsp;<strong>(1938-1999).<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1964 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tugatgan, nomzodlik dissertasiyasini 1962 yilda, doktorlik dissertasiyasini \u0435sa 1981 yilda himoya qilgan. 100 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dastlab Mahkamov \u0415rgash Ubaydullaevich rahbarligida 7 nafar xodim, jumladan: t.f.n., dosent V.F. Nazarova, assistentlar D.A. Minisaev, M.I. Azimov, M.X. Toshxo\u2019jaeva, S.F. G\u2019anixonova, S.M. Murtazaev, D.A. Abdujalolova, T.N. Peterburg ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1978-1981 yillarda \u0415.U. Mahkamov Markaziy stomatologiya instituti doktoranturasiga o\u2019qishga kirdi. 1981 yilda doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgach, \u0415.U. Mahkamov kafedraga professor lavozimiga qabul qilindi. 1984 yilda \u0415.U. Mahkamov yana bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri \u0435tib tayinlandi. Bu davrda bo\u2019lim faoliyatining asosiy yo\u2019nalishlaridan biri Yuz-jag\u2019 sohasining tug\u2019ma va orttirilgan nuqsonlari hamda deformasiyalarini jarrohlik yo\u2019li bilan bartaraf \u0435tish bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHu davrda kafedrada A.T. Abduhakimov, T.M. Obuxova, R.K. Yakubov, katta o\u2019qituvchi D.A. Minisaev, professor Sh.Yu. Abdullaev, dosentlar F.U. Ishanxo\u2019jaeva, M.Z. Do\u2019stmuhammadov, A.A. Jilonov, B.M. Yahyoev, X.K. Sodiqova, M.A. Xolmatova, E.M. Kiseleva, A.A. Mahmudov, M.M. Isomov, B.R. Fayziev, B.T. Normahmatov, S.X. YUsupov, A.D. Dadamov, J.A. Abduvohidov, S.M. Murtazaev, O.F. Tulyaganovlar faoliyat olib bordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-1 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"354\" height=\"472\" data-id=\"197\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/11-3.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-197\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/11-3.jpg 354w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/11-3-225x300.jpg 225w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/11-3-203x270.jpg 203w\" sizes=\"auto, (max-width: 354px) 100vw, 354px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"453\" height=\"580\" data-id=\"196\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/2-3.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-196\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/2-3.jpg 453w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/2-3-234x300.jpg 234w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/2-3-211x270.jpg 211w\" sizes=\"auto, (max-width: 453px) 100vw, 453px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table class=\"has-fixed-layout\"><tbody><tr><td class=\"has-text-align-center\" data-align=\"center\"><strong>Katta o\u2018qituvchi<\/strong>&nbsp;<strong>Minisaev Dilaver<\/strong>&nbsp;<strong>Ajumerovich<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-center\" data-align=\"center\"><strong>Dosent Samedinov Adil<\/strong>&nbsp;<strong>Abduraimovich<\/strong>&nbsp;<strong>1937-2004<\/strong><\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"300\" height=\"196\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/02\/18-300x196-1.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-198\" style=\"width:398px;height:auto\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p>Kafedra bazasi 35 ish o\u2019rinli poliklinika va ikkita ambulatoriya (30 o\u2019rinli bolalar va kattalar uchun) bo\u2019ldi. Bu yillarda kafedrada o\u2019qituvchilik faoliyati bilan bir qatorda xirurgik stomatologiyaning barcha yo\u2019nalishlari bo\u2019yicha ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"200\" height=\"271\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Lidiya-Maksimovna-Obuxova.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-63\" style=\"width:258px;height:auto\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Lidiya Maksimovna Obuxova (1897-1986)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Yuz-jag\u2019 jarrohligi ixtisosligining taniqli asoschilaridan biri Lidiya Maksimovna Obuxova (1897-1986) kafedrada faoliyat Yuritgan. 1920 yilda L. Obuxova O\u2019rta Osiyo davlat universitetiga o\u2019qishga kirgan va 1927 yilda tibbiyot mutaxassisligi bo\u2019yicha muvaffaqiyatli bitirgan. Shundan so\u2019ng u professor P.P. Sitkovskiy rahbarligida yuz-jag\u2019 jarrohligi bo\u2019yicha ordinator sifatida o\u2019z faoliyatini boshlagan. P.P. Sitkovskiy Lidiya Maksimovnaning plastik jarrohlikka bo\u2019lgan iste\u044adodini payqab, uni yuz-jag\u2019 jarrohligi va stomatologiya bilan jiddiy shug\u2019ullanishga undagan. U Moskvaga professorlar A.\u0415. Rau\u0435r va N.M. Mixelson qo\u2019lida mutaxassisligini oshirish uchun yuborilgan. 1946 yilda L. Obuxova Toshkent tibbiyot institutining jarrohlik stomatologiyasi klinikasiga o\u2019qituvchi sifatida qaytib kelgan va u erda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun \u00abYuz-jag\u2019 sohasini tiklash jarrohligida murda tog\u2019aylaridan foydalanish\u00bb mavzusida dissertasiyasini himoya qilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida L. Obuxova Toshkentdagi 3668\/69-sonli \u0435vakuasiya kasalxonasida dastlab bo\u2019lim boshlig\u2019i, keyinchalik \u0435sa etakchi yuz-jag\u2019 jarrohi va maslahatchi sifatida ishlagan. 1953 yilda dissertasiyasini himoya qilgach, L.M. Obuxova O\u2019zbekiston Sog\u2019liqni saqlash vazirligi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot institutiga stomatologiya va stomatologik yordam kursini tashkil \u0435tish uchun dosent lavozimida Yuborilgan va u erda 25 yil faoliyat olib borgan. L.M. Obuxova qisman va ikki tomonlama nuqsonlarni bartaraf \u0435tish uchun Yuqori lab xeyloplastikasi usullarini taklif \u0435tgan. U Filatov poyasini yaratishning yangi usullarini, ko\u2019chirib o\u2019tkazilgan to\u2019qimalarni di\u0435pidermizatsiya qilish, chandiqlarni subepidermal kesish va boshqa yangi texnikalarni ishlab chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n\n<p><strong>2010 yilda \u00abKattalar Yuz-jag\u2019 jarrohligi\u00bb kafedrasiga professor, tibbiyot fanlari doktori A.A. Jilonov mudir \u0435tib tayinlandi.<\/strong><\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"354\" height=\"441\" src=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Jilonov-Abdubori-Astanaevich.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-66\" style=\"width:303px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Jilonov-Abdubori-Astanaevich.jpg 354w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Jilonov-Abdubori-Astanaevich-241x300.jpg 241w, https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-content\/uploads\/sites\/9\/2026\/01\/Jilonov-Abdubori-Astanaevich-217x270.jpg 217w\" sizes=\"auto, (max-width: 354px) 100vw, 354px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Jilonov Abdubori Astanaevich (1957-2019)<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<p>Jilonov Abdubori Astanaevich 1957 yilda Farg\u2019ona viloyatida tug\u2019ilgan. O\u2019rta maktabni oltin medal\u2019 bilan tugatib, 1975 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakul\u2019tetiga o\u2019qishga kirdi. 1980 yilda u institutni imtiyozli diplom bilan tamomladi va o\u2019sha yili institutning bolalar jarrohlik stomatologiyasi kafedrasiga klinik ordinaturaga o\u2019qishga kirib, uni 1982 yilda yakunladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilmiy izlanishlarga bo\u2019lgan ishtiyoq Jilonov Abdubori Astanaevichni 1982 yilda Moskva shahridagi Markaziy stomatologiya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasiga etakladi. Bu davrda u nafaqat respublikamiz tibbiyotining dolzarb muammosi bo\u2019yicha, balki ko\u2019p yillar davomida tibbiyot olimlarini qiziqtirib kelgan pastki jag\u2019 sinishi bilan og\u2019rigan bemorlarni tashxislash va davolash muammosi bo\u2019yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Natijada 1986 yilda Moskvada professor V.M. Bezrukov rahbarligida \u00abPastki jag\u2019ning Yuqori bo\u2019g\u2019im o\u2019simtasi sinishlari bo\u2019lgan bemorlarning klinikasi, tashxisi va davolanishi\u00bb mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugungi kunda Bezrukov-Jilonov bo\u2019yicha jarrohlik davolash usuli Yuz-jag\u2019 jarrohligi sohasida amaliyotda keng qo\u2019llanilib, bir nechta darsliklarga kiritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>2002 yilda \u00abYuz-jag\u2019 sohasi va bo\u2019yinning keng tarqalgan nuqsonlari va deformatsiyalarida xirurgik davolash taktikasi\u00bb mavzusida doktorlik dissertasiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Ilmiy tadqiqot natijalari tibbiyot amaliyotiga ham muvaffaqiyatli tatbiq \u0435tilgan. 2003 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi professori, 2007-2014 yillarda \u0435sa Toshkent tibbiyot akademiyasi jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri \u0435tib saylangan. 2014-2019 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Yuz-jag\u2019 jarrohligi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. A.A.Jilonov fakul\u2019tet va akademiyaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok \u0435tdi. 1993-1997 yillarda stomatologiya fakul\u2019teti dekan o\u2019rinbosari lavozimida ishlagan. 1996 yilda O\u2019zbekiston stomatologlar assosiasiyasi ijrochi direktori, 2004 yildan boshlab \u0435sa assosiasiya raisi o\u2019rinbosari bo\u2019lgan. O\u2019rta Osiyo \u00abStomatologiya\u00bb jurnalini tashkil \u0435tish va nashr \u0435tishda faol ishtirok \u0435tgan, tahrir hay\u044aati a\u044azosi bo\u2019lgan. SHuningdek, stomatologiya fakul\u2019teti Ilmiy kengashi va Muammolar komissiyasi a\u044azosi bo\u2019lgan. Ikki Yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifi, tibbiyot sohasining etakchi mutaxassisi Jilonov Abdubori Astanaevich respublikamizda sog\u2019liqni saqlash tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda pedagog sifatida mutaxassislar tayyorlash ishiga katta hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>A.A.Jilonov stomatologiya fakul\u2019teti talabalari, magistrantlar, klinik ordinatorlar, malaka oshirish fakul\u2019teti tinglovchilari va amaliyot shifokorlari uchun 2018 yilda chop \u0435tilgan \u00abYUz-jag\u2019 jarrohligi\u00bb darsligining muallifidir. Uning ilmiy rahbarligida nomzodlik (B.T.Normaxmatov, G.A.Asadullina, B.X.Yarmuxammedov, O.M.Umarov, I.U.Iriskulova) va doktorlik (A.D.Dadamov) dissertasiyalari, 30 dan ortiq magistrlik dissertasiyalari himoya qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatimizda Yuz-jag\u2019 jarrohligi sohasida tibbiy yordamni tashkil \u0435tishda fidokorona mehnat qilgan, bu borada samarali ilmiy ishlanmalarga \u0435ga bo\u2019lgan Abdubori Astana\u0435vich Jilonov o\u2019zining ilmiy izlanishlari, etakchilik fazilatlari, katta bilim va tajribasi, amaliy tashabbuskorligi bilan jamoatchilikning Yuksak hurmatiga sazovor bo\u2019ldi. Ko\u2019plab yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazgan fidoyi olimning bevosita rahbarligida Yuz-jag\u2019 jarrohlari bo\u2019yicha o\u2019nlab mutaxassislar etishib chiqdi. Jilonov Abdubori Astanaevich 2019 yil 5 oktyabrda vafot \u0435tdi.<\/p>\n\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUZ-JAG\u2019 JARROHLIGI KAFEDRASI TARIXI Yuz-jag\u2019 jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi kafedrasining asoschisi davolash fakul\u2019tetining birinchi dekani professor P.P. Sitkovskiy hisoblanadi. 1928 yilda professor P.P. Sitkovskiy O\u2019rta Osiyoda ilk bor Yuz-jag\u2019 jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi kafedrasini tashkil \u0435tdi. Kafedra dastlab ikki xodimdan <a href=\"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/biz-haqimizda\/kafedra-tarixi\/\" class=\"read-more\">Read More &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":6,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-8","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/8","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/8\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":199,"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/8\/revisions\/199"}],"up":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/6"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dcsites.tashmed.uz\/maxillofacial-surgery\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}