2014-yilda kafedra tarkibi 10 kishidan iborat boʻlgan: professor Kamilov X.P. – kafedra mudiri, Melkumyan T.V.- professor, dosentlar: Xasanova L.E., Ibragimova M.X.; assistentlar: Kamilov E.X., Dadamova A.D., Kadirova Sh.E., Tolipov A.M., Taxirova K.A.; katta ilmiy xodim – Zokirxonova Sh.A.

Kamilov X.P. -2006 yildan boshlab, kafedrada kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Kamilov Xaydar Pazilovich (kafedrada 1984 yildan beri faoliyat olib bormoqda). Komilov Haydar Pazilovich 1962-yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1984 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlagan. 1985-yildan ilmiy va pedagogik faoliyat uchun taqsimlangan. 1992-yilda professor V.A. Yepishev rahbarligida «Parodontitni davolashda geliy-neonli va suyuqlikli impulsli lazerlar» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (diplom 01No 000184).
2002-yilda professor F.M. Mamedova rahbarligida «Parodontitli bemorlarda kombinirlangan lazeroterapiyaning klinik-patogenetik jihatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (diplom 04 No 003609).
Komilov X.P. birinchi bo‘lib og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini davolash uchun lazer nurlarini stomatologik amaliyot sohasiga kiritgan. Ushbu davolash usullarini tish to‘qimalari, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining o‘tkir buzilishlarida qo‘llash davolash va qaytalanish muddatlarining qisqarishiga hamda remissiya davrining uzayishiga olib keladi.
Komilov X.P. tashabbusi bilan 2011-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshida «Stomatologiya markazi» tashkil etildi.
Kamilov Haydar Pazilovich 2004-yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi,» 2011-yilda «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
2007-2014-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri. 2014-2016 yillarda TDSI ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan. 2019-yildan 2022-yilgacha A-BV-2019-11 amaliy tadqiqot loyihasiga rahbarlik qilgan. 2021-yildan boshlab IZ-202103021 (F-OT-2021-465) amaliy tadqiqot loyihasi a’zosi.
2014 yildan Toshkent davlat stomatologiya instituti (TDSI) gospital terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri.
Hozirgi kunda Toshkent davlat stomatologiya ilmiy darajalar beruvchi Kengash a’zosi, stomatologlar milliy assotsiatsiyasi a’zosi, Butunjahon stomatologiya akademiyasi (ADI) a’zosi, OITS markazi ilmiy-taftish va muhofaza kengashi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Markaziy tibbiyot boshqarmasi 1-sonli markaziy maslahat-diagnostika poliklinikasi bosh maslahatchisi.
Tibbiyot fanlari doktori. Professor. 350 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, jumladan, 5 ta darslik, 20 ta monografiya, 35 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta ratsionalizatorlik taklifi muallifi.
«O‘zbekiston tibbiyot jurnali» tahririyati direktori. «Stomatologiya» jurnallari tahrir hay’ati a’zosi.
Uning rahbarligida 14.00.21-Stomatologiya shifri bo‘yicha 7 ta doktorlik, 23 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Kafedra qoshida parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini tashxislash va davolash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilgan. Ilmiy tadqiqot natijalari Endokrinologiya, ginekologiya, kasb kasalliklari institutining davolash faoliyatiga joriy etilgan. Uning rahbarligida kariekologiya, parodontologiya va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari muammosi bo‘yicha maktab faoliyat ko‘rsata boshladi. Institutda gospital terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan davrida yirik ilmiy markaz va institutlar (Respublika patologik anatomiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va boshqalar) rahbarlari bilan 12 dan ortiq shartnomalar tuzgan.
X.P.Kamilov kafedra xodimlari bilan ham, magistrlari va klinik ordinatorlari bilan ham doimiy ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, xodimlar, talabalar va bemorlar orasida hurmatga sazovor, yaxshi oilaparvar, o‘ziga va atrofdagilarga talabchan. Hozirgi kunda kafedrada quyida keltirilgan xodimlar ishlab kelmoqda: prof. Melkumyan T.V., prof. Ibragimova M.X., dots.Taxirova K.A., dots. Kadirbaeva A.A., dots.Yuldasheva N.A., dots.Daminova N.R., Sheralieva S.Sh., dots. Kaxxarova D.J., dots. Shokirova F.A, dots. Komilova A.Z., dots. Ubaydullaeva N.I., kat.o’qit. Dadamova A.D., ass.Gulyamnazarova D.G., ass. Fozilova L.G., ass. Usmanova L.B., ass. Azimova A.A., ass. Dushamov M.A. doktorantlar – Saidova N.A., Saidova M.A., Mirzaxodjayeva N.F., Raximova M.A., Ibodullaeva Sh.A.

Gospital terapevtik stomatologii kafedrasi jamoasi tomonidan 5kurslar uchun “Ogʻiz boʻshligʻi shilliq parda kasalliklari” fanidan, magistratura talabalari, klinik ordinatorlar uchun terapevtik stomatologiya mutaxxasisligi boʻyicha darslar olib borilmoqda. Shuningdek, kafedra xodimlari “Tish, parodont va ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati kasalliklarini davolash va oldini olishning innovasion usullarini ishlab chiqish va tadbiq etish” boʻyicha turli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
