GOSPITAL TERAPEVTIK STOMATOLOGIYA KAFEDRASI TARIXI
Terapevtik stomatologiya kafedrasi 1956 yilda tashkil etilgan. Terapevtik stomatologiya kafedrasini Moskvadan (Busigina M.V., Xersonskaya F.I., Lunyova M.G.), Kievdan (Yepishev V.A., Yepisheva L.R.), Voronejdan (Goncharova Ye.I.), Leningraddan (Shilov V.I.) bir qator mutaxassislar tashkil etishgan.
Ular birinchilardan edilar

Chapdan oʻngga – assistentlar: M.G. Lunyova (Moskva), V.A.Yepishev (Kiev), F.I.Xersonskaya (Moskva), V.I.Shilov (Leningrad)
Oʻtgan vaqt mobaynida terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimida qoʻyidagilar faoliyat yuritishgan:
- Professor Busigina Margarita Valeryanovna (1957 yildan 1966 yilgacha);
- Professor Yepishev Vladimir Aleksandrovich (1967 yildan 19991 yilgacha);
- Professor Zufarov Alimjan Aripdjanovich (1991 yildan 1992 yilgacha);
- Professor Safarov Toshpoʻlat Xamdamovich (1992 yildan 2006 yilgacha);
- Professor Kamilov Xaydar Pazilovich (2006 yildan 2014 yilgacha).
1987 yilda terapevtik stomatologiya kafedrasidan 2-Terapevtik stomatologiya kafedrasi ajralib chiqdi, keyinchalik u 1999 yilda “5-kurs talabalari uchun Terapevtik stomatologiya kafedrasi” nomini oldi.
1987 yilning iyun oyidan to 1988 yilning yanvar oyigacha kafedra mudiri vazifasini dosent S.I.Bektashev bajarib keldi. 1988 yilning yanvar oyidan to 1997 yilga qadar ushbu kafedrani professor F.M.Mamedova boshqardi.
1997 yilda ushbu kafedra “Terapevtik stomatologiya kursi” deb e’lon qilindi va 1999 yilda yana qayta “5-kurs talabalari uchun Terapevtik stomatologiya kafedrasi” nomini oldi. Bu davrda kafedrani yana dosent S.I.Bektashev boshqardi.
5-KURS TALABALARI UCHUN TERAPEVTIK STOMATOLOGIYA KAFEDRASI
1987 yilda terapevtik stomatologiya kafedrasi tarkibidan 2-sonli Terapevtik stomatologiya kafedrasi ajralib chiqib, uning asosida 1999 yilda “5-chi kurs uchun terapevtik stomatologiyasi kafedrasi” tashkil etildi.
1987 yil iyun oyidan 1988 yil yanvar oyiga qadar kafedra mudiri vazifasini dosent S.I.Bektashev bajargan.
1988 yil yanvaridan 1997 yilga qadar kafedrani t.f.d., prof., xizmat koʻrsatgan ihtirochi, “Sogʻliqni saqlash a’lochisi” Flora Magrupovna Mamedova (1940 y.t.) boshqargan. Professor 1960 yil ToshDTI ni tugatgan, nomzodlik dissertasiyasini – 1965 yil, doktorlik dissertasiyasini – 1982 y. himoya qilgan. Professor F.M.Mamedova 1 nafar fan doktori va 10 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan, 150 ilmiy ishlar, jumladan kasalliklar atlaslari: ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati, tish ildizining mikroanatomiyasi, 3 nafar reseptlar ma’lumotnomasi, 10 ta ihtirolar muallifidir.
Ushbu davrda kafedrada T.N.Fayzullayev, A.T.Turabov, I.G.Giyasov, L.N.Popova, I.S.Grigoryan, X.A.Abdulaxatova, K.Yu.Saidova, M.G.Luneva, S.F.Xafizova, D.K.Nazarova, O.Ye.Bekjanova, Yu.A.Akbarova, III.I.Ibragimova D.U.Miraxmedova, N.A.Muborakovalar faoliyat olib borgan.
1997 yil kafedra nomi terapevtik stomatologiya kursiga oʻzgartirilib, umumiy amaliyot stomatologini tayyorlash kafedrasi tarkibiga biriktirildi. 1999 yil kafedra “5-chi kurs talabalarining terapevtik stomatologiya kafedrasi” boʻlib qaytadan tiklandi.
1997 ‒1999 yillarda kursni, keyin esa kafedrani t.f.n. dos. Seyran Ibragimovich Bektashev (1936-2012.) boshqardi. 1965 yil ToshDTI ni bitirgan, nomzodlik dissertasiyasini – 1972 y. himoya qilgan.
1999 yil sentyabr oyidan kafedrani t.f.n. dosent Alimdjan Aripdjanovich Zufarov (1946-2002) – boshqardi. A.A.Zufarov 1968 y. ToshDTIni tugatgan, nomzodlik dissertasiyasini 1973 y. himoya qilgan. Stomatologiyaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan 65 ta ilmiy ishlar muallifidir. A.A.Zufarov 1991-1992 yy. terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri, 1992-1999 yy. – bolalar terapevtik kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Mazkur davrda kafedrada prof. U.D.Jumatov, dosentlar ‒ S.I.Bektashev, N.A.Muborakova, D.U.Miraxmedova, assistentlar ‒ L.N.Popova, O.Ye.Bekjanova, Yu.A.Akbarova, I.I.Misharova, Sh.T.Akilovalar faoliyat olib borishgan.
Nazariy mashgʻulotlarda talabalar kariyes va uning asoratlari boʻyicha tish kasalliklarining, shuningdek parodont va shilliq qavat kasalliklarining davolash usullarini oʻrganishdi. Amaliy mashgʻulotlarda talabalar oʻqituvchi maslahati ostida bemorlarni qabul qilib, kafedra mudiri, dosent va assisitentlar konsultasiyalarida qatnashishdi. Kafedra hodimlari muntazam ravishda Toshkent va Respublikamiz aholisiga konsultativ-diagnostik va davolash orqali yordam koʻrsatib kelgan. Kafedrada aspirantlar va klinik ordinatorlar oʻqitilgan. MDH tibbiyot institutlari tegishli kafedralari bilan ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.
Kafedra hodimlari 150 dan ortiq maqolalar, 30 ta rasionallashtirish takliflari, 3 nafar tish malhamlari, 28 uslubiy qoʻllanmalar, ikki nafar ma’lumot xatlari, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati kasalliklarining atlasi, ikkita chop etilgan terapevtik stomatologiyaning reseptlar ma’lumotnomasi muallifi hisoblanadi. Kafedra xodimlari tomonidan umumiy amaliyot stomatologi tayyorlashning yangi dasturi, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati kasalliklari boʻyicha ma’ruzalar matni, amaliy darslarga qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Terapevtik stomatologiya kafedrasining professorlari boʻlib ishlaganlar: Busigina Margarita Valerianovna; Yepishev Vladimir Aleksandrovich; Safarov Tashpulat Xamdamovich; Mamedova Florensiya Magrupovna; Jumatov Urazmat Jumatovich; Kamilov Xaydar Pazilovich; Bekjanova Olga Yesenovna.

1996 yilTerapevtik stomatologiya kafedrasining dosentlari boʻlib ishlaganlar:
Goncharova Yelena Ivanovna; Bektashev Seyran Ibragimovich; Yunusov Yuldash Xodjimuratovich; Fayzullayev Tuxtamurat Nurillaevich; Turabov Abduvali Turabovich; Yurkova Svetlana Petrovna; Nazarova Dilya Kamalovna; Zufarov Alimdjan Aripdjanovich; Abdullayev Gadji Kurbanovich; Saidakbarova Xalida Ikramovna; Grigoryan Irina Sergeevna; Ibragimova Malika Xudoyberganovna; Miraxmedova Dilbar Usmanovna; Mubarakova Nozima Akilovna; Xasanova Lola Emilevna; Rizaev Jasur Alimdjanovich; Rustamova Dildora Abdumalikovna; Melkumyan Timur Vladimirovich; Shukurova Umida Abdurasulovna; Yusupalixodjaeva Saodat Xamidullaevna.

1967 yilTerapevtik stomatologiya kafedrasining assistentlari boʻlib ishlaganlar:
Xersonskaya Fruma Izraylovna; Luneva Margarita Grigorevna; Popova Lyubov Nikolaevna; Peterburg Tamara Vladimirovna; Alpaeva Lyubov Sidorovna; Chernenko Tamara Fedorovna; Yunusova Ikbol Fazildjanovna; Giyasov Iskander Giyasovich; Volk Liliya Leonidovna; Shuvalova Taisiya Mixaylovna; Arushanova Larisa Mixaylovna; Abdulaxatova Xolida Abdulxakovna; Xafizova Sofya Faridovna; Lukina Galina Ilxamovna; Allaxverdova Svetlana Yakovlevna; Butova Natalya Nikolaevna; Saidova Klara Yuldashevna; Rasulova Lyubov Axatovna; Alimbaeva Vildana Ravkatovna; Yunusxodjaeva Gulnora Yuldashevna; Djamalov Farxod; Xolmatov Murod; Dadamova Anjela Danilovna; Tashxodjaeva Marfua Rixsievna, Tadjibaeva Gulsina Sultanovna; Muradov Maxamadjon; Cherednichenko Svetlana Nikolayevna; Raxima Bazarbayevna; Sadriddinova Eleonora Rafikovna; Kamolov Gulyam; Misharova Natalya Nikolaevna; Shayunusova Nigora Matsapaevna; Adilova Shoira Talatovna; Akbarova Yulduz; Marufidi Yegana Vidadievna; Muslimova Muxabbat Ibragimovna; Yusupalixodjaeva Saodat Xamidullaevna; Davletov Oybek; Azimov Baxrom; Navruzova Feruza Raximovna; Abduyusupova Kamola Mirvalievna; Tolipov Axmadjon; Kodirova Shaxnoza Erkinovna; Eshonxodjaeva Nigina, Mirzabaeva Indira, Suyunova Munisa Mirzaevna, Shakirova Fatima; Kostina Kseniya Konstantinovna; Daminova Nargiza Ravshanovna; Alimova Dono Mirjamolovna; Kadirbaeva Aliya Aristanovna, Kaxxarova Diloro Jamoliddinovna, Taxirova Kamolaxon Abrorovna, Kurbanova Zieda Furkatovna, Abdullaev Dilmurod Sharipovich, Axrorxodjaev Nodirxon Shaxobiddin oʻgʻli.

1967 yil
Uzoq yillar davomida kafedrada ilmiy izlanishlar “Tish qattiq toʻqimasi, parodont va ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati kasalliklarini tashxislash, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqarish va tatbiq etish” mavzusida keng koʻlamda yoʻlga qoʻyilgan.
Terapevtik stomatologiya kafedrasida magistratura yoʻnalishini 2005-2014 yillarda professor Bekjanova Olga Yesenovna boshqargan.
Terapevtik stomatologiya kafedrasida professor Yepishev Vladimir Aleksandrovich boshchiligida 19 ta ilmiy ish dissertasiyasi himoya qilingan.
Professor Safarov Toshpulat Xamdamovich boshchiligida 3 ta ilmiy ish dissertasiyasi himoya qilingan.
Professor Kamilov Xaydar Pazilovich boshchiligida 33 ta ilmiy ish dissertasiyasi himoya qilingan.

Сафаров Т.Х.
1992 yildan 2006 yilgacha Terapevtik stomatologiya kafedrasini professor T.X.Safarov (1936-2011) boshqardi. T.X.Safarov 1959 yilda Toshkent tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini bitirib, 1967 yilda nomzodlik dissertasiyasini, 1987 yilda esa doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 1972-1974 yy stomatologiya fakultetining dekan muovini, 1986-1992 yy Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan. U 200 dan ortiq maqolalar muallifi. Uning rahbarligida 3 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan.

2006 yildan Terapevtik stomatologiya kafedrasining mudiri lavozimi professor X.P.Kamilovga topshirildi

Terapevtik stomatologiya kafedrasi jamoasi – 2010 yil

Kafedra tarkibi: chapdan oʻngga (2012 y.): 1-qator X.P.Kamilov, S.I.Bektashev; 2-qator A.M. Talipov, A.M.Xaydarov, T.V.Melkumyan, L.E. Xasanova, M.X.Ibragimova, A.D.Dadamova, F.R.Navruzova, U.A. Shukurova, O.Ye.Bekjanova, Sh.E. Kadirova, S.X.Yusupalixodjaeva, K.M.Abduyusupova. 2014-2015 oʻquv yilidaToshkent davlat st
