Bekjanova Olga Yesenovna

Bekjanova Olga Yesenovna – 2014-yildan boshlab kafedra mudiri, t.f.d., professor Bekjanova Olga Yesenovna 1962-yilda tug‘ilgan, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Sog‘liqni saqlash xodimi. 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Nomzodlik dissertasiyasini 1994 yilda, doktorlik dissertasiyasini 2008-yilda himoya qilgan. Bekjanova O.Ye boshchiligida 4 ta doktorlik va 12 ta nomzodlik ilmiy ishi himoyalangan. 7 ta darslik, 15 ta monografiya, 45 dan ortiq o‘quv uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, 370 dan ortiq bosma maqolalar, 10 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur.