Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-sonli qarori bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkil etilganidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrа xodimlari tomonidan Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari va klinik ordinatorlariga «Terapevtik stomatologiya», «Klinik endodontiya», «Parodontologiya» fanlari bo‘yicha ta’lim berib kelinmoqda. Institut iqtidorli talabalari bilan birgalikda «Stomatolog» va «Parodontolog» to‘garaklarida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda doimiy ravishda e’lon qilinib kelinmoqda.
Kafedraning tasdiqlangan ilmiy mavzusi: «Tishlar, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining oldini olish, tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.» Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami – 011400199
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2956, PQ-3151-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat stomatologiya institutida har yili «MegaDENTA» va «NOBEL PHARMSANOAT» kompaniyalari ko‘magida tishlarni eng yaxshi restavratsiya qilish bo‘yicha «Mega Master» xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi tashkil etiladi. Ushbu tanlov 2013-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda va shu vaqt ichida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya va boshqa xorijiy mamlakatlarning turli shaharlaridan 170 dan ortiq stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar va magistr talabalar ishtirokchilari bo‘lishdi.
Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi tomonidan xar yili o‘quv, o‘quv-uslubiy, tashkiliy uslubiy, davolash, ma’naviyat-ma’rifat va tarbiyaviy ishlari reja asosida bajarilib kelinmoqda. Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi xodimlari tomonidan 7 ta darslik, 20 ta monografiya, 40 dan ortiq o‘quv uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, 400 dan ortiq bosma maqolalar, 15 ta elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar yaratilgan.
Kafedra tarkibi: Hozirgi kunda kafedrada quyidagi professor–o‘qituvchilar ishlab kelmoqdalar:
Bekjanova Olga Yesenovna – 2014 yildan boshlab kafedra mudiri, t.f.d., professor Bekjanova Olga Yesenovna 1962 yilda tug‘ilgan, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Sog‘liqni saqlash xodimi. 1985 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Nomzodlik dissertasiyasini 1994 yilda, doktorlik dissertasiyasini 2008 yilda himoya qilgan. Bekjanova O.Ye boshchiligida 4 ta doktorlik va 12 ta nomzodlik ilmiy ishi himoyalangan. 7 ta darslik, 15 ta monografiya, 45 dan ortiq o‘quv uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, 370 dan ortiq bosma maqolalar, 10 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur.
Rizayev Elyor Alimjanovich – tibbiyot fanlari doktori, DSc., professor. 2021 yilda “Tarqalgan parodontitning ustuvor patogenetik rivojlanish mexanizmlari asosida shaxsga yo‘naltirilgan davolash usulini asoslash” mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan.
Alimova Dono Mirjamolovna – tibbiyot fanlari doktori, DSc., dotsent. 2021 yilda “Qaytalanadigan aftoz stomatitni tashxislash, davolash va oldini olishning klinik-patogenetik jihatlari” mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan.
Adilova Shoira Talatovna – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 2000 yilda “Surunkali tarqalgan parodontitni davolashda Kukumazim fermentini qo‘llash” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.
Astanakulova Munisa Mirzoyevna –tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent. 2019 yilda “Eksfoliativ xeylitni kompleks davosini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.
Axrorxodjayev Nodirxon Shaxobiddin o‘g‘li – tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent. 2021 yilda “O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlarida istiqomat qiluvchi maktabgacha yoshdagi bolalarning stomatologik holati va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.
Kayumova Visola Raimovna – tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent. 2023 yilda “COVID-19 reabilitatsiya davridagi bemorlarda so‘lak bezlari patologiyasini davolashni takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.
Alimova Sevara Xaitmatovna –tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent. 2025 yilda “Gastroezofageal reflyuks kasalligi bo‘lgan bemorlarning tish qattiq to‘qimasi eroziyasini davolash samaradorligini oshirish” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.
