Oxirgi 5 yilda kafedrada nashr etilgan ilmiy ishlar soni:
| № | Nashr etilgan ilmiy ishlar nomi | 2020 | 2021 | 2022 | 2023 | 2024 | 2025 |
| 1. | Monografiya | 4 | 4 | 3 | 3 | 2 | 1 |
| 2. | Jurnal maqolalari: | 20 | 37 | 35 | 22 | 25 | 23 |
| А. Scopus platformasida /Web of Science | – | 1 | -/1 | 2/- | 3/- | 5/- | |
| В. Respublika miqiyosida | 11 | 21 | 21 | 13 | 17 | 11 | |
| С. MDH mamlakatlarida | 5 | 4 | 9 | 5 | 2 | 6 | |
| D. Xalqaro nashrlar | 7 | 12 | 4 | 3 | 3 | 2 | |
| 3. | Tezislar: | 51 | 62 | 85 | 52 | 34 | 34 |
| А. TDSI miqyosida | – | – | – | 7 | 4 | 9 | |
| В. Respublika miqiyosida | 24 | 42 | 29 | 9 | 18 | 5 | |
| С. MDH mamlakatlarida | 22 | 17 | 27 | 34 | 9 | 20 | |
| D. Xalqaro nashrlar | 6 | 4 | 30 | 2 | 3 | 2 | |
| 4. | Uslubiy tavsiyanoma | 4 | 3 | 4 | 6 | 4 | 8 |
| 5. | Patent IAP, FAP | – | – | – | – | – | |
| 6. | Patent DGU | – | 4 | 7 | 7 | 1 | 3 |
| 7. | Ratsionalizatorlik taklifi | – | – | – | – | – | |
| 8. | Mualliflik guvohnomasi | – | – | – | – | – | |
| 9. | Kafedra tomonidan o‘tkazilgan anjumanlar soni Xalqaro/Respublika/ OTM | – | 2/-/- | 4/-/- | 9/-/- | 3/-/- | 2/-/- |
| Jami | 83 | 112 | 259 | 100 | 63 | 126 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2956, PQ-3151-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat stomatologiya institutida har yili «MegaDENTA» va «NOBEL PHARMSANOAT» kompaniyalari ko‘magida tishlarni eng yaxshi restavratsiya qilish bo‘yicha «Mega Master» xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi tashkil etiladi. Ushbu tanlov 2013-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda va shu vaqt ichida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya va boshqa xorijiy mamlakatlarning turli shaharlaridan 170 dan ortiq stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar va magistr talabalar ishtirokchilari bo‘lishdi.

Hozirgi kunda ushbu tadbir fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilib kelinmoqda. Stomatologiya fakultetlarining 3-4 kurs talabalari o‘rtasida «Eng yaxshi restavratsiya» mavzusida «MEGAMASTER» xalqaro olimpiadasi o‘tkazib kelinmoqda.

Akademik mobillik dasturi bo‘yicha FTS kafedrasi professor-o‘qituvchilarining doimiy ravishda Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universitetiga, S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti, M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI) ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazib kelmoqdalar.

Shu bilan birga akademik mobillik dasturi bo‘yicha FTS kafedrasiga Xorijiy OTMlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilarning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazib kelmoqdalar.

Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi tomonidan xar yili o‘quv, o‘quv-uslubiy, tashkiliy uslubiy, davolash, ma’naviyat-ma’rifat va tarbiyaviy ishlari reja asosida bajarilib kelinmoqda. Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi xodimlari tomonidan 7 ta darslik, 20 ta monografiya, 40 dan ortiq o‘quv uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, 400 dan ortiq bosma maqolalar, 15 ta elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar yaratilgan.
